OʼzLiDeP Siyosiy Kengashi majlisida partiyaning yangi logotipi tasdiqlandi


OʼzLiDeP Siyosiy Kengash majlisida partiyaning yangilangan logotipi masalasi ham keng muhokamalar markazida boʻldi.
Taʼkidlash joiz, OʼzLiDeP partiya rebrendingida yangi bir qadamni amalga oshirishga kirishdi.
Qayd etish kerakki, partiya rebrendingi, uning oʻzgarayotganligi toʻgʻrisida gap ketganda albatta nafaqat uning gʻoyalari, faoliyati, balki, asosiy ramzi (logotip) ga ham alohida eʼtibor qaratish joiz. Zero, logotip partiyaning asosiy tashrif qogʻozi hisoblanadi.
Shunday ekan, partiya faoliyatidagi oʻzgarishlar albatta uning timsoli boʻlgan logotipida ham oʻz aksini topishini davrning oʻzi taqozo etmoqda.
Keyingi toʻrt oy davomida aholi bilan boʻlgan turli uchrashuvlar, muloqotlarda ham ushbu masala yuzasidan jamoatchilikning fikri oʻrganib borildi. Partiya faollari, keng jamoatchilikning fikr-mulohazalaridan soʻng shu maʼlum boʻldiki, bugungi talablar darajasiga mos ravishda oʻzgarish OʻzLiDePning logotipida ham oʻz aksini topishi lozim. Boshqacha aytganda, partiyaning yangi logotipi OʼzLiDeP islohotlarning yangi bosqichida oʻz oldiga qoʻyayotgan ulkan maqsadlarni oʻzida toʻla aks ettira oladigan logotip sifatida gavdalanishi zarur. Toki, butun xalq va xalqaro jamoatchilik ushbu ramzda OʼzLiDeP bugungi kunda oʻz oldiga qoʻygan maqsadlar aksini koʻra olsin.
Aytish kerakki, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida tegishli Ishchi guruh ham faoliyat olib bormoqda. Ushbu masalani partiya Siyosiy Kengashiga kiritgungacha boʻlgan davrda logotip boʻyicha partiya aʼzolari va aholi vakillari fikrlarini oʻrganish uchun barcha viloyatlarda muhokamalar tashkil qilindi. Bundan koʻzlangan maqsad yangi logotip imkon qadar koʻproq aholi vakillari va partiya aʼzolari fikrlarini oʻzida qamrab olgan haqiqiy xalqchil logotip sifatida shakllanishiga erishishdan iboratdir.
Hududlarda boʻlib oʻtgan muhokamalarda koʻpchilik yangi logotipni toʻla qoʻllab-quvvatlagani alohida taʼkidlandi. Misol uchun 2-iyul kuni boʻlib oʻtgan Ijroiya qoʻmita yigʻilishidan soʻng joylarda, xususan, viloyat, tuman va boshlangʻich partiya tashkilotlarida partiyaning yangilanayotgan ramzi boʻyicha keng muhokamalar oʻtkazildi. Jumladan, shu kunga qadar, 2682 ta muhokama tadbirlari tashkil etilgan boʻlib, uning 14 ta hududiy kengash yigʻilishlari, 200 dan ortiq tuman kengashida yigʻilishlar hamda 2441 ta yirik boshlangʻich partiya tashkilotlarida muhokamalar boʻlib oʻtgan. Mazkur tadbirlarning barchasida partiyaning yangilangan ramzi iliq kutib olingan hamda qoʻllab quvvatlangan.
Majlisda ushbu masala yuzasidan bir qator muhokamalar, fikrlar bildirildi hamda Siyosiy Kengash aʼzolari partiyaning yangilangan logotipini tasdiqlashdi.
Siyosiy Kengash yigʻilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y
Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Ro