SES boshlig'i vaktsinalar necha dollardan sotib olinganini maʻlum qildi

Tadbirda ishtirok etayotgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'i Bahodir Yusupaliyev O'zbekistonda foydalanilayotgan vaktsinalarning narxi haqida maʻlumot berdi.
Bahodir Yusupaliyev bugungi kunda foydalanilayotgan vaktsinalar narxi hamda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga sarflanayotgan mablag'lar haqida maʻlumot berdi.
"Hozir Zangiotadagi maxsus shifoxonada davolanayotgan o'rta og'ir ahvoldagi bemorni davolash uchun davlat byudjyetidan 35 mln mablag' ishlatiladi. Reanimatsiyada davolanayotgan og'ir ahvoldagi bemor uchun esa 60 mln so'mgacha mablag' sarflanadi.
Bugungi kunda foydalanilayotgan vaktsinalar 10 dollardan 60 dollargacha narxlarda sotib olingani eʻtiborga olinsa, iqtisodiyot nuqtayi nazaridan qaralsa davlatga aholini emlash arzon va xavfsiz hisoblanadi. Taqqoslaydigan bo'lsak, emlanmaslikdan nafaqat o'zimizga, balki davlatga, xalqqa, iqtisodiyotga ham zarar yetkaziladi", dedi u.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'i maʻlum qilishicha, koronavirusga qarshi vaktsina virusli kasalliklarning barchasiga qarshi antitanachalar hosil qiladi.
"2020 yilning oxirida ijtimoiy soha vakillari: o'qituvchilar, tibbiyot xodimlarini grippga qarshi vaktsina bilan emlagan edik. 1 mln 200 ming vaktsina olindi. Kuzatuvlarimiz shuni isbotladiki, emlanganlar orasida koronavirusga chalinganlar kam bo'ldi va yuqtirganlarda ham kasallik yengil o'tdi. Bugungi koronavirusga qarshi ishlatilayotgan vaktsinalar virusga qarshi ishlaydi: uning oldini oladi va yengil o'tishini taʻminlaydi", dedi u.
Taʻkidlanishicha, agar inson organizmida antitanachalar mavjud bo'lsa ham vaqt o'tishi bilan antitanachalar miqdori pasayishi mumkin, shuning uchun emlanish maqsadga muvofiq bo'ladi. «Zamin» yangiliklarini «Vkontakti»da kuzatib boring
Toshkent viloyatida Navroʻz katta tantana bilan nishonlandi — Fotoreportaj
Toshkent viloyatida 'Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navroʻz umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.Bayram doirasida katta sayl, maydon tomoshalari oʻtkazildi. Shuningdek, milliy taomlar festivali, pavilyonlar oʻrtasida turli qiziqarli bellashuvlar tashkil qilindi.Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali bayram dasturi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barch
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markaziga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 'Buyuk ipak yoʻli' xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.Soʻnggi yillarda eng zamonaviy standartlarga mos infratuzilma yaratilgani tufayli Samarqand shahri xalqaro miqyosdagi yirik tadbirlar ' oliy va yuqori darajadagi sammitlar, konferensiya va kongresslarning anʼanaviy mezboniga aylandi.2022-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 'Buyuk ipak yoʻli' majmuasi bun
Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash javonlari oʻrnatildi
Xalqaro terminaldagi javon joʻnash terminalining 1-qavatida joylashgan boʻlib, 24 soat davomida ishlaydi. Yuklarni bir soat saqlash uchun narx uning hajmiga qarab 15 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha etib belgilangan. Yuklar uchun standart (60x50x80 sm), oʻrta (90x50x80 sm) va katta (180x50x80 sm) hajmdagi oʻlchamlar mavjud. Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni esa terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari oʻrtasida joylashgan. U ham kun-u tun faoliyat koʻrsatad
Farg‘ona shahrining Yuksalish ko‘chasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirildi
Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, bu ko'chada 3 ta chorrahada 22 dona 'aqlli' sfetofor, ko'chaning 2 tomonidagi piyodalar yo'laklariga 1,6 km. uzunlikda taktil qoplamalar, piyodalar o'tish yo'laklarida ko'cha to'siqlari o'rnatildi.Shuningdek, chorrahalarda piyodalar o'tish yo'laklari maxsus bo'yoq bilan qoplandi, mavjud binolarning kirish qismlari eshiklar atrofi kontrast rangli ogohlantiruvchi tasmalar bilan to'liq jihozlandi, yo'laklarda yangi panduslar qurildi, avtobus bekati nogir