calendar 03 Jun 04:31
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir

APLda yilning eng yaxshi futbolchilari aniqlanmoqda

image
image

Angliya Professional Futbol Assotsiatsiyasi 2020–2021 yilgi mavsum uchun yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzod bo'lgan futbolchilar ro'yxatini eʻlon qildi.

Ro'yxatdan MYu aʻzosi Bruno Fernandesh, "Tottenxem" hujumchisi Harri Keyn hamda "Manchester Siti" futbolchilari Ilkay Gyundogan, Kevin de Bryuyne, Fil Foden va Ruben Diash o'rin oldi. So'rovnoma yakunlangach, eng ko'p ovoz to'plagan futbolchi APLda "Yil futbolchisi" deb eʻlon qilinadi.

Shuningdek, "Yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi" bo'lish uchun ham nomzodlar ro'yxati eʻlon qilindi. Undan "Arsenal" aʻzosi Bukayo Saka, "Vet Hem" yarim himoyachisi Deklan Rays, MYu vingeri Meyson Grinvud, "Chelsi" pleymeykeri Meyson Maunt, "Manchester Siti" futbolchisi Fil Foden hamda "Liverpul" himoyachisi Trend Aleksandr-Arnold joy oldi. 

Maʻlumot uchun, so'rovnoma 5 iyun kuni kechqurun o'z nihoyasiga yetadi va 6 iyunda sovrinlar o'z egalariga topshiriladi.

Abdulla Mannonov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:56
 
56
0
xs.uz

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi. Navbatdagi raqib kim boʻladi?

Unda ishtirok etayotgan dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev -73 kggacha boʻlgan vaznda qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevni magʻlub etdi.Shu tariqa keyingi bosqichga yoʻl olgan sportchimizga AQSHlik taniqli sportchi Jek Yonezuka yoki moldovalik Adil Osmanov raqiblik qiladi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya