“Ishlarni aslo susaytirmasdan, ularni izchil davom ettirishni maqsad qilganmiz”


Hasan PАYDOEV - “Xalq so‘zi”.
Sir emas, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida sektorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yilgan edi. Bugun 4 ta sektor rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan mahallalar obodligi va xalq roziligi yo‘lida ko‘plab xayrli ishlarni amalga oshirayotir.
Xo‘sh, 2-sektor rahbarlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni qay darajada uddalayapti? Odamlar ulardan rozimi? Hududdagi muammolar yechimi qanday bartaraf etilyapti?
Biz ana shular xususida batafsil maʼlumot olish maqsadida Oltinsoy tuman prokurori Turon Berdimurotovni suhbatga tortdik.
— 2-sektorga 13 ta mahalla fuqarolar yig‘ini biriktirib berilgan. Bu degani, salkam 40 ming nafar aholining yaxshi yashashlari uchun masʼulmiz, degani. Tuman prokuraturasi tomonidan Prezidentimizning tegishli qarorlari ijrosi yuzasidan o‘tgan va joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bir qator ijobiy va samarali ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, sektorimizga 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 250 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 50 dar ortiq murojaatlar bo‘yicha tegilshi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi. Uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan yuzlab muammolar o‘rganilib, imkoniyat darajasida ularni joyida bartaraf etyapmiz, ayrim masalalari bo‘yicha “tuman — viloyat — respublika” doirasida yo‘l xaritalari tuzilib, ijrosiga alohida eʼtibor qaratilyapti.
Sektor hududida istiqomat qiluvchi aholining elektr, gaz va ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash va boshqa maishiy muammolarini hal etish bo‘yicha ham tizimli ishlar tashkil qilingan.
Elektr energiya taʼminoti bo‘yicha 2-sektor hududiga qarashli bo‘lgan “Obod turmush” mahallasiga bitta yangi transformator, beshta simyog‘och hamda 150 metr elektr simlari tortilishi natijasida 150 ta xonadonga hamda “Qoratepa” mahallasiga bitta yangi transformator o‘rnatish orqali 120 ta xonadonga elektr energiyasi yetkazib berildi. “Qurama-1” mahallasidagi transformator joriy taʼmirlanib, 14 ta simyog‘och o‘rnatilgani, “Jiyanbobo” mahallasiga esa sakkizta simyog‘och o‘rnatilishi natijasida xonadonlardagi elektr energiya bo‘yicha muammolari ijobiy hal etildi.
Sir emaski, yo‘llar ravonligi odamlarning kayfiyatini ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, biriktirilgan sakkizta mahallalarning 14,3 km. ichki yo‘llariga shag‘al yotqizili, tekislandi. Qolaversa, 98 ta xonadonga yangi gaz balloni berilgan bo‘lsa, 300 dan ortiq xonadondagi gaz ballonlarni bepul to‘ldirtirilib berildi. Shu bilan birga, aholining toza ichimlik suvi taʼminoti bo‘yicha muammolari, ijtimoiy soha obʼektlarini yangidan qurish, taʼmirlash va zamon talablariga mos barpo etish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, sektor hududidagi “Gulchechak” mahallasida joylashgan 59-umumiy o‘rta taʼlim maktab filali tuman prokurori tashabbusi bilan qayta rekonstruktsiya qilinib, qayta taʼmirlash loyiha qiymti 120 mln. so‘m bo‘lib, dastlabki qamrov 80 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, rekonstruktsiyadan so‘ng qamrov 110 tani tashkil qildi va qo‘shimcha 6 ta yangi ish o‘rnilari yaratildi.
Shu kabi, “Navro‘z” mahalla binosi yangidan zamonaviy usulda qurilib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, sektor hududidagi tadbirkorlar tomonidan “Guliston”, “Yangiqurilish”, “Qiziltepa” mahalla binolari yangidan zamonaviy usulda qayta qurilayotir.
Shuningdek, aholi salomatligini taʼminlash bo‘yicha maqsadida Z. M. Bobur nomli qishloq vrachlik punktini umumiy qiymati 634 mln. so‘mlik qayta rekonstruktsiya qilinayotgan bo‘lib, kelgusida ushbu muassasaning ishga tushishi natijasida 20 mingdan ziyod aholiga tibbiy hizmat ko‘rsatilishi taʼminlanadi.
Endi esa sektorimiz tomonidan “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida ham to‘xtalib o‘tsam.
Eʼtibor bering, Oltinsoy tuman 2-sektorda dastlab “temir daftar” shakllantirilganda 860 ta oila ro‘yxatga kiritilgandi. Bugungi kunga qadar ularning 826 tasi, yaʼni 96 foizi ushbu daftardan chiqarildi. Buning ortida, albatta, katta masʼuliyat va mehnat yotadi.
Jumladan, 2020 — 2021 yillar davomida 198 nafar fuqaroga
73,8 mln. so‘mlik oziq-ovqat, 581 ta oilaga 541,8 mln. so‘mlik naqd pul va 3,1 mln. so‘mlik dori-darmon, 111 ta oilaga 15,5 mln. so‘mlik boshqa turdagi yordamlar, bundan tashqari, 24 ta oilaga 70,8 mln. so‘mlik chorva va parrandalar olib berildi.
Misol uchun, “temir daftar”da ruyxatda turuvchi ”Qurama-1” MFYda yashovchi fuqaro Raʼno Qudratova hamda “Mustaqillik 10 yilligi” mahallasida yashovchi fuqaro Baxtiniso Xursanovaga 1 boshdan qoramol olib berilgan bo‘lsa, “Yangiqurishil” mahallasida yashovchi O‘ktam Eshonqulovga parranda olib berildi.
Sohalar kesimida tahlil qilinganda, agrosanoat yo‘nalishida 332 nafar, 4 nafar fuqarolar qurilish sohasida, oilaviy tadbirkorlik hamda sanoat loyihalari orqali 100 ta, kooperatsiyalarga biriktirish orqali 41 nafar, jamoat ishlariga jalb qilish orqali 54 nafar, o‘zini-o‘zi band qilish orqali 260 nafar, takroriy ekin ekish orqali 66 nafar hamda boshqa faoliyat turlari bo‘yicha 80 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi va daromad manbaiga ega bo‘ldilar.
Hozirda “temir daftar”da 34 ta oila qolgan bo‘lib, bu oilalarning 23 tasi nogironligi mavjud, 10 tasi boquvchisini yo‘qotgan, 1 tasi ko‘p bolali oilalar hisoblanadi va ushbu oilalarga moddiy yordamlar berib kelinmoqda.
Sektorda yoshlar va ayollar bandligini taʼminlash bo‘yicha ham ijobiy ishlarimiz ko‘p. Jumladan, “Mustaqillik 10 yilligi” mahallasida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan tuman hokimligi zaxira yer maydonidan 20,7 gektar yer maydoniga “Jarlisoy sohili” ishlab chiqarish kooperativi tashkil qilinib, 60 dan ziyod yoshlar, shu jumladan, ayollarga sabzovot va poliz ekinlarini yetishtirish uchun 0,20 sotixdan bo‘lib berilib, ularning bandligini taʼminlashga yerishildi. Аjratilgan yer maydonlariga aholi tomonidan sabzavot va poliz mahsulotlari ekildi. Natijada oilalarga qo‘shimda daromad manbaiga ega bo‘lishdi.
Hozirgi kunda Oltinsoy tuman 2-sektorda 5 588 nafar ayollar mavjud bo‘lib, shundan 5 668 tasi xatlovdan o‘tkazilishi natijasida ijtimoiy muammosi mavjud 291 tasi “ayollar daftari”ga kiritilib, ular bilan tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida 253 nafari “ayollar daftari”dan chiqarildi.
Bunga bandligini taʼminlash, kredit ajratish, tadbirkorlikka ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘qitish, tomorqasidan daromad olinishiga yordam berish natijasida erishildi, desam, mubolag‘a emas.
Masalan, “ayollar daftari”da ruyxatda turuvchi Maqsuda Xudoyberdieva, Saodat Norqobilova, Sohiba Toshmirzaeva va boshqalarga subsidiya asosida tikuv mashinalari olib berilib bandligi taʼminlandi. Аlbatta, ro‘yxatda turgan ko‘plab ayollar Kasb-hunarga o‘rgatish markazida tikuvchilik, qo‘lda gilam to‘qish yo‘nalishi bo‘yicha o‘qildi. Buning uchun ularga tikuv mashinalari, gilam to‘qish apparatlari va boshqa uskunalar olib berildi.
Yoshlar masalasiga kelsak, tumanimiz 2-sektorida 6522 nafar yoshlar mavjud bo‘lib, shundan 5 669 tasi xatlovdan o‘tkazilgan va ijtimoiy himoyaga muxtoj 476 tasi “yoshlar daftari”ga kiritilgan.
Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq, “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning 334 nafarining bandligi taʼminlangan. Natijada ular daftardan chiqarildi.
Xususan, ushbu yoshlarning 118 nafarini ishga joylashtirish, yangi loyihalar tashkil etish hisobiga, 56 nafariga 1,5 mlrd. so‘mlik kredit ajratilishi natijasida tadbirkorlikka ko‘maklashish orqali, 145 nafarini kasb-hunarga o‘qitish, 63 nafarini “Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” va “ustoz-shogird” anʼanasi doirasida hunarmandlarga biriktirish, 97 nafariga 24 gektar yer maydonlari ajratilishi taʼminlandi.
Masalan, “Qurama-1” mahallasida yashovchi fuqaro Аlisher Soatovga subsidiya asosida “Minikutuvator” ajratilishi taʼminlanib, hozirda ushbu fuqaro ushbu moslama orqali o‘zining bandligini taʼminlamoqda.
Shu kabi, “Qoratepa” mahallasi yoshlaridan biri — Feruz Muratov 33 mln. so‘m kredit olib, uyida issiqxona tashkil etgan holda o‘zi bilan birgalikda yaqin qarindoshlarini ushbu yo‘nalishga jalb qilgan bo‘lsa,
“Gulchechak” mahallasida yashovchi fuqaro Murod Boltaevga 33 mln. so‘m kredit ajratilishi natijasida o‘z xonadonida “pena-blok” sexini tashkil qilgan holda o‘zi va oila aʼzolarini ushbu ishga jalb qilmoqda.
Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Аmmo shuni aytishimiz mumkinki, 2-sektorda bu boradagi ishlarni aslo susaytirmasdan, ularni izchil davom ettirishni maqsad qilganmiz.
“Xalq so‘zi”.
Hasan PАYDOEV olgan suratlar.
Prezident AQSh bojlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yigʻilishida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlarining Oʻzbekistonga taʼsirini yumshatish masalalari muhokama qilinmoqda.Avvalo, davlatimiz rahbari global iqtisodiy holatga toʻxtaldi.'Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar oʻrtasida barqaror munosabatlar va oʻzaro ishonchni taʼminlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar b
Shavkat Mirziyoyev ayrim rahbarlar tadbirkorlarga toʻsiq boʻlayotganini tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida global iqtisodiy holatga toʻxtalib oʻtildi.'Takror va takror aytaman ' 'hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi' deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak', dedi davlatimiz r
Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo
Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi
Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa