Hal qiluvchi «jang» oldidan: kelganlar va kelmaganlar haqida Vadim Abramov bilan ochiq suhbat

O'zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashining ikkinchi bosqichidagi hal qiluvchi bahslarni Saudiyada o'tkazadi. Avvaliga Bo'stonliqda, keyinchalik Dubayda milliy jamoa hal qiluvchi bosqichga tayyorgarlik ko'radi. Hal qiluvchi «janglar» oldidan O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan suhbat uyushtirdik. Murabbiy tarkib haqida barcha savollarga ochiq javob berdi.
Vadim Abramovning aytishicha, yig'in davomida JCh-2022 saralashining Saudiyada o'tkaziladigan mini-turniriga boradigan tarkibda o'zgarish bo'ladi. Murabbiy Murod Xolmuhammedov «So'g'diyona»ga qarshi o'yinda jarohat olgani, Lutfulla To'rayev esa oxirgi vaqtlarda uncha yaxshi ko'rinmayotgani uchun yig'inga olib ketilmasligini aytdi. Murabbiyning fikricha, Lutfulla To'rayevning hozirgi holatidan kelib chiqib, undan Saudiyadagi qiyin ob-havo sharoitida foydalanish to'g'ri bo'lmaydi. Jasur Yaxshiboyev va Oston O'runov ham jarohat sabab yig'inga chaqirilmagan.
Milliy jamoa yig'iniga «Bunyodkor» darvozaboni Ravshan Yagudin va OKMK posboni Valijon Rahimov chaqirilgani ham ko'pchilikni hayron qoldirdi. Chunki Yagudin chempionat o'yinlarida o'zini aytarli ko'rsatib ulgurmagan bo'lsa, OChLdagi ishtirokini yaxshi boshlagan Valijon Rahimov keyinchalik jamoasining asosiy darvozaboni bo'lmay qoldi. Murabbiy Rahimovni bo'yi baland bo'lgani uchun, Yagudinni esa oyoq bilan yaxshi o'ynay olishi uchun chaqirganini va ular yakuniy tarkibdan tushib qolishi mumkinligini aytdi.
Milliy jamoa ustozi darvoza va markaziy himoyani ayni damdagi asosiy muammo deb atadi. U «Paxtakor» sardori Egor Krimetsni nega milliy jamoaga chaqirilmaganini uning oxirgi o'yinlarda qatnashmayotgani bilan izohladi. Murabbiy yana bir jihatga eʻtibor berdi. Milliy jamoaga Koreya chempionatidan futbolchilar jalb etilgan va ular Saudiyada O'zbekiston vaqti bilan 23:00 da maydonga tushishi kerak bo'ladi. Bu vaqtda ular hozir ko'nikib yurgan Koreyada tungi soat 03:00 bo'ladi. Bunday vaqt o'zgarishiga moslashish uchun esa vaqt ketadi. Shu sabab Abramov barcha futbolchiga alohida yondashish kerakligini aytdi.
Vadim Abramov suhbat davomida qiziq maʻlumotni aytdi. Unga ko'ra, O'zbekiston Dubayda Avstraliyaga qarshi 30 daqiqadan uchta taymdan iborat o'yin o'tkazadi. Murabbiy avstraliyalik hamkasbi bilan shunday kelishganini aytdi. Kelishuvga ko'ra, Avstraliya barcha taymlarda har xil tarkib bilan o'ynaydi. Abramov ham bu o'yinlarda har xil tarkibni tushirish orqali futbolchilarning kuchini sinab oladi.
Abramov Odil Ahmedov qovurg'asida jarohat bo'lishiga qaramay milliy jamoaga chaqirilganini ayti. Uning fikricha, Ahmedovning jamoada bo'lganining o'zi ko'p narsani anglatadi. Murabbiy hujum chizig'idan va undagi raqobatdan ko'ngli to'layotganini aytib, xususan, Temurxo'ja Abduxoliqov yaxshi formaga kirib borayotganini taʻkidladi. Farrux Ikromovga esa murabbiy shunday taʻrif berdi: «Bu futbolchi kerak bo'lsa, hammani hayratda qoldirishi mumkin, biroq o'yini chiqmay, yo'qolib qolishi ham hyech gap emas. Bir so'z bilan aytganda, nostandart futbolchi».
Suhbatdoshimiz Belarusda yorqin o'yin ko'rsatayotgan Shahboz Umarovning o'yinlarini ko'rib kelganini, u orqaga qaytmasligi uchun bosh jamoaga chaqirilmaganini aytdi. «Balki Umarovning o'yinlarini oldinroq ko'rganimda boshqacha bo'lardi», deydi murabbiy va bu futbolchini o'zbek futbolining kelajagi deb atadi. Abramovning hujumda paydo bo'lishi kutilgan yana bir futbolchi – Dragan Cheran haqida gapirar ekan, uning pasporti tayyorligi, biroq futbolchi O'zbekiston safida 15 iyundan keyin o'ynay olishini maʻlum qildi.
Abramovning fikricha, 2-bosqichning oldinda turgan eng muhim o'yini Singapurga qarshi o'tadi, chunki bu birinchi o'yin. Murabbiy Saudiyaga qarshi o'yin asosiy ekanini inkor qilmagan holda, dastlabki ikki o'yinda ochko yo'qotilsa, Saudiya bilan bahsning ahamiyati kamayishini taʻkidladi. Uning fikricha, milliy jamoa ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynash ustida ishlashi kerak. Abramov Saudiyaga qarshi Toshkentdagi bahsda O'zbekiston uzoq vaqt hisobda oldinda borganini eslatdi. Murabbiy Saudiyani katta ishtiyoq va tartibli o'yin hisobiga mag'lub etish mumkinligini aytib, bu juda katta jismoniy kuch talab qilishini taʻkidladi.
Murabbiy Bobur Abduxoliqovning Ukrainada o'ynamay qaytib kelganidan, shuningdek, Jasur Jaloliddinovning faoliyati o'xshamaganidan afsuslanishini bildirdi. Abramovning fikricha, chet elga ketadigan futbolchi Ahmedov, Jyeparov va Haydarov kabi tajribali yigitlardan maslahat olish kerak.
Abramov ham milliy jamoada, ham klubda ishlash haqida gapirar ekan, milliy jamoaga foyda keltiradigan yo'lni tanlashini aytdi: «2010 yil milliy jamoaga kelganimda menga «Lokomotiv»dan ketishimni aytishmadi va men o'zim ketdim. O'shanda chempionatda «Paxtakor», «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Nasaf», «Neftchi» kabi raqobatbardosh jamoalar bor edi va men ketdim.
Hozir esa «Paxtakor»ga raqobatchi yo'q-ku? O'tgan yillarni olaylik. Masalan, bir jamoani Arveladze boshqaradi, ikki kundan keyin men boshqa bo'yinbog'da xuddi o'sha futbolchilardan iborat jamoani qabul qilib olaman. Masalan, «Bunyodkor» murabbiyi sifatida maydonda boshqa futbolchilarni ko'rishim mumkin. Tribunadan o'yinni kuzatish bilan murabbiy sifatida o'yinni kuzatish farqli narsalar», deydi murabbiy.
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi
Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d
Konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Bellashuvlar yakuniga ko'ra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Ne'matov turli yo'nalishlarda chempionlikni qo'lga kiritishdi.Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko'tarilayotganini ta'kidladi.
22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi
22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter