calendar 16 May 04:41
eye 60
comments 0
comments Manba: sof

Nukus va Norindagi avtohalokatlarda sakkiz kishi vafot etdi

image

11-12 may kunlari Nukus yaqinida va Norin tumanida uchtadan avtomobil ishtirokida fojiali avtohalokatlar sodir bo'ldi.

Xususan, 11 may kuni Nukus-To'rtko'l yo'lining 225-kilometrida Cobalt, Nexia va Damas to'qnashdi. Natijada 6 kishi — Cobalt yo'lovchisi, Nexia`ning to'rt yo'lovchisi va Damas haydovchisi voqea joyida halok bo'ldi. Nexia va Cobalt haydovchilari shifoxonaga yotqizilgan.

12 may kuni soat 10:30 larda Namangan viloyati Norin tumanida Nexia, Cobalt va UAZ to'qnashdi. Nexia avtomobilining ikki yo'lovchisi vafot etdi. Nexia haydovchisi va uning uch yo'lovchisi og'ir tan jarohatlari oldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
38
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy

31 May 08:49
 
23
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga

31 May 08:49
 
13
0
xs.uz

CEFR imtihoni natijalari eʼlon qilindi

2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari rasman eʼlon qilindi. Bu haqda 'Bilim va malakalarni baholash agentligi' xabar bermoqda.Qayd etish kerakki, ushbu test sinovi orqali talabgorlarning xorijiy til boʻyicha bilim va koʻnikmalari baholandi. Natijalar my.gov.uz portalida joylashtirilgan boʻlib, har bir ishtirokchi 'Mening arizalarim' boʻlimi orqali oʻz natijalari bilan tanishishi mumkin.Test sinovidan muvaffaqiyatli

31 May 08:49
 
13
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk