calendar 15 May 20:20
eye 108
comments 0
comments Manba: zamin

Qiziqarli syujyeti bilan tomoshabinni ekran qarshisiga «mixlab» qo'yadigan turk seriallari

image

Turk kinosanoatida bir-biridan qiziq syujyetga ega, turli janrda suratga olingan seriallar qalashib yotibdi. Voqealar rivoji bir-biriga o'xshamagan, shu bilan birga, o'ziga xosligi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan loyihalar haqida maʻlumot berib o'tamiz.

«Tong qushi»

Foto: Cosmopolitan
2018 yili ekran yuzini ko'rgan serialda Sanem ismli qiz moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun opasi ishlaydigan reklama agentligiga ishga kiradi. Ochiqko'ngil, samimiy qahramon faoliyat yuritayotgan agentlik rahbarini yaxshi ko'rib qoladi. Bir-biriga ko'ngil qo'ygan juftlik bir-biridan qiziqarli voqealarni boshdan kechiradi. Tomoshabinlar 51 qism davom etadigan serialni ko'rish davomida baxtga erishish oson bo'lmasligi, ko'p sinovlar duch kelishi mumkinligiga amin bo'ladi.

«To'lin oy»

Foto: Cosmopolitan
«Tong qushi»dagi ijrosi bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktyor Jan Yaman mazkur serialda ham bosh qahramonlardan birini gavdalantiradi. Endi oshpazlikni boshlagan Nozli va u ishlaydigan xonadon egasi Ferit bir-biriga ko'ngil qo'yadi. Jan Yaman jonlantirgan bosh qahramon o'ta talabchan va tartib-qoidalarga amal qiladigan, qiz bo'lsa buning aksi bo'ladi. Voqealar rivoji qizning bola uyiga oshpaz bo'lib ishga kirganidan keyin boshlanadi. Yapon restoranini ochishni istaydigan qizning hayoti shaxsiy oshpaz bo'lib faoliyat boshlaganidan keyin o'zgarib ketadi.

«To'qnashuv»

Foto: Cosmopolitan
Syujyeti taqdirdan qochib qutilib bo'lmaslikka ishora qiladigan mazkur serialda to'rt nafar qahramonning hayoti yo'l transporti hodisasiga uchragandan keyin bir-biriga bog'liq bo'lib qoladi. Mazkur baxtsiz hodisada aybdor bo'lgan, erining xurmacha qiliqlaridan charchagan bank xodimi Zeynep, uning advokati Jyemre, terakt sabab oilasini yo'qotgan politsiyachi Qodir va endigina qamoqdan chiqib hayotini yangidan boshlashga qaror qilgan Kerem o'rtasida nima aloqadorlik borligini serialni tomosha qilish davomida bilib olishingiz mumkin.

«Qulupnay ifori»

Foto: Cosmopolitan
Mazkur serialni ko'rgan har qaysi tomoshabinda Turkiyaga taʻtil uchun borish istagi paydo bo'ladi. Qizlarga suyagi yo'q bo'lgan Burakning hayoti oddiy oilaning farzandi bo'lgan va taniqli qandolatchi bo'lishni istaydigan Asli bilan uchrashgandan keyin o'zgaradi. Qiz va badavlat yigit kulgili vaziyatlardan birida tanishadi.

«Qanotsiz qushlar»

Foto: Cosmopolitan
Ushbu serialni tomosha qilish davomida ona farzandlarining baxti uchun hamma narsaga tayyor bo'lishini yana bir marta tushunib yetish mumkin. «Qanotsiz qushlar»da hamma narsa — sevgi, nafrat, sadoqat, xiyonat va umid bor. Undagi psixologik yondashuv va yorqin kelajakka bo'lgan ishonchning mujassamligi oddiy narsalarga ham boshqa ko'z bilan qarash, hatto chorasiz tuyilgan muammolarga ham qo'l siltashga undaydi.

«Sevgi iztirobi»

Foto: Cosmopolitan
Stsenariy mualliflari fantaziyasining chegara bilmagani va ajoyib sevgi qissasini o'z ichiga olgan «Sevgi iztirobi» Turkiyada «Muhtasham yuz yil»dan keyin ikkinchi mashhur serial sanaladi. Ilk bor avtobusda uchrashgan juftlik – badavlat oilaning rassomlik bilan shug'ullanadigan qizi Nihon va oddiy oilaning farzandi Kamol o'rtasida keyinchalik sevgi paydo bo'ladi. Qahramonlar bir qancha qiyinchilik va sinovlarni boshdan kechiradi.

«Hayot sirlari»

Foto: Cosmopolitan
Eʻtibor markazida restoran biznesi bilan shug'ullanadigan Kuzgun oilasi bo'ladi. Tomoshabin asosiy qahramonlarning munosabatlarini kuzatish bilan ovora bo'lgan bir vaqtda boshqa qahramonlarning sirlari ochilib, voqealar rivoji yanada qiziqarli tus ola boshlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
41
0
postda.uz

«YASHIL» IQTISODIYOT – TARAQQIYOT KAFOLATI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiButun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytiris

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

24 Mar 13:25
 
87
0
xs.uz

“Har toshi tarixdir qardosh diyorning...”

Badiiyat olamiXabaringiz bor, koʻp yillardan beri 'www.xs.uz' saytimizda xalqning maʼnaviy-ruhiy ozuqasi sanalgan, inson qalbini poklash, tafakkur olamini yoritish, orzu-umidlari roʻyobi sari qanot qoqishdek vazifani zimmasiga olgan badiiy soʻz sanʼati sohiblarining bir-biridan goʻzal va mazmundor ijodiy asarlarini yoritib boramiz.Shu maʼnoda, bugun 'Badiiyat olami' ruknida joylanayotgan sheʼr-u hikoyalar koʻpchilikning qalbidan joy olib, maʼnaviy dunyosini yuksaltirishda kamarbasta bo

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

АҲДИДАН ҚАЙТМАГАН «НОРТОЙ»

Ўзбекистонда биринчи фильм 1897 йил «Эски жўва» майдонида кўрсатилган. 1936 йилдан «Ўзбекфильм» киностудиясининг ташкил топиши ўзбек кино санъати ривожини бошлаб берди. Ўзбек халқи орасидан театр ва кино санъатига ихлосманд ёшлар етишиб чиқа бошлади. Ана шундай ижодкорлард