calendar 12 May 12:31
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir

Hasan Ruhoniy Isroil hukumatini "qonxo'r sionist" deb atadi

image
image

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Isroilning Sharqiy Quddus va G'azodagi so'nggi hujumlariga munosabat bildirib, Misr va Iordaniyaning harakatsizligini tanqid qildi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

Hasan Ruhoniy Vazirlar Mahkamasi yig'ilishida Misr va Iordaniya Isroilning qo'shnisi ekanini aytib o'tgan. 

"Nega Isroilga qo'shni bo'lgan davlatlar jim. Misr va Iordaniya kabi islom mamlakatlari Isroilning qo'shnilari-ku. Nega ular gapirmayapti? Nega mintaqadagi boshqa davlatlar Isroilga qarshi oyoqqa turmayapti?"", degan Ruhoniy.

Isroilni rahbarlarini Muso payg'ambarning diniga ishonmasligini aytgan Ruhoniy ularning zo'ravonliklarini qoralab, Eron Falastinni qo'llab-quvvatlovchi deyarli yagona davlat ekanini aytgan.

"Sizlar qonxo'r sionistsiz va sizda ilohiy din yo'q. Eron Falastinni qo'llab-quvvatlovchi deyarli yagona davlat. Bizning vazifamiz – qo'llab-quvvatlash", deya taʻkidlagan Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy.

Sardor Ali Nurmatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-