calendar 27 Apr 07:31
eye 26
comments 0
comments Manba: qalampir

U tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi – AQSh senatori Baydendan norozi 

image
image

AQSh senatori Lindsi Grehyem Jo Baydenning prezidentlik lavozimidagi birinchi 100 kunidan unchalik taʻsirlanmaganini maʻlum qildi. Bu haqda "Fox News" telekanali xabar bermoqda.  

Jo Bayden joriy yil 20 yanvarda AQShning 46-Prezidenti lavozimiga kirishgan. 

"Saylovoldi kampaniyasi davomida Bayden barchani o'zini eng yaxshi tanlov ekanligiga ishontirdi. Biroq, ish boshlagandan so'ng, davlat rahbari Oliy sudning tuzilishini o'zgartirishga va Kolumbiya okrugini shtatga aylantirishga qaror qildi", degan Grehyem. 

Senator Bayden maʻmuriyatining tashqi siyosatini ham tanqid qilgan. 

"U tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chegarada betartiblik hukmronlik qilmoqda, eronliklar ahamiyatsiz bo'lib qolishdi, u Eron rejimida muzokaralar boshladi, ammo oxir-oqibat buni o'zgartirish uchun hyech narsa qilmadi", degan Grehyem. 

Shuningdek, u Afg'oniston "parchalanib ketayotganini" hamda Rossiya va Xitoy allaqachon Baydenni "itarishni" boshlaganini qo'shimcha qilgan. 

Senatorning so'zlariga ko'ra, saylovchilarning 46 foizi bugungi kunda Amerika chegarasida xavfsizlik holati ikki yil oldingi holatdan yomonroq deb o'ylashadi. Faqat 15 foizi vaziyat yaxshilanganini qayd etadi. 

Avvalroq, Baydenning reytingi eng past darajaga tushib ketgani haqida xabar bergandik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
44
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu

20 Mar 12:55
 
72
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo

12 Apr 21:15
 
57
0
xs.uz

Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda

Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb

23 Mar 16:44
 
58
0
xs.uz

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max