Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda

Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.
Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harbiy va moliyaviy yordam sifatida olgan milliardlab dollarlik mablagʻlarni qoplab berishi shart boʻladi.
Shuningdek, Ukraina tabiiy resurslarni oʻzlashtirishdan olinadigan foydaning yarmini AQSH nazoratidagi fondga oʻtkazishi lozimligi ham shartnoma tuzishning yangi shartlari roʻyxatiga kiritilgan.
Bundan tashqari, Vashington Ukraina urush davomida olgan barcha mablagʻlarining ustiga yillik 4 foiz qoʻshimcha qoʻshilgan holda qaytarmaguncha, ushbu fonddagi Kiyev aktivlarini musodara qilishni moʻljallamoqda.
Nashrning qoʻshimcha qilishicha, AQSH hamda Ukraina oʻrtasida tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha bitimning yangilangan shartlari roʻyxatida Kiyev xavfsizligi boʻyicha kafolatlar haqida hech qanday band kiritilmagan.
AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi
Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka
AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp
Buyuk Britaniya ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz qoʻshinlarini Ukrainada besh yilgacha joylashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda
Britaniya ittifoqchilar tomonidan muhokama qilinayotgan rejalar asosida Ukrainaga besh yil davomida qoʻshin kiritish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida 'The Telegraph' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, Ukraina hududiga qoʻshin kiritish mamlakatga qilinishi mumkin boʻlgan yangi bosqinning oldini olishi hamda Ukraina armiyasini tayyor holatga keltirish va qayta shakllantirishga yordam beradi.Ukraina hududiga kiritilishi mumkin boʻlgan qoʻshinlarning aniq soni haqida hech qanday ma
Janubiy Koreyada qiruvchi samolyot sakkizta bombani aholi yashash hududiga tashlab yubordi
Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti adashib oʻquv poligonidan tashqarida joylashgan Pxochxon shahriga sakkizta bomba tashlab yubordi. Bu haqida 'Yonhap News' agentligi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, holat KF-16 rusumli qiruvchi samolyoti bilan sodir boʻlgan. Oʻtkazilayotgan oʻquv-mashgʻulot jarayonidagi ehtiyotsizlik oqibatida harbiy uchuvchi MK-82 havo bombalarini aholi yashash hududiga tashlab yuborgan.Yanglish tashlab yuborilgan bombalar sabab bir nechta uy va c