calendar 19 Apr 16:11
eye 41
comments 0
comments Manba: daryo

Bloomberg: Pandemiya davrida to‘plangan neft zaxiralari tugab bitdi

image

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz oqibatida to‘plangan ortiqcha neft zaxiralari deyarli tugab bo‘ldi, deb xabar berdi Bloomberg.

Foto: Getty Images

Xalqaro energetika agentligining (XEA) ma’lumot berishicha, fevral oyi holatiga ko‘ra, omborlarda to‘plangan yoqilg‘i miqdori 20 foizdan ham kamroq qolgan edi. O‘shandan buyon mavjud yoqilg‘i hajmi yanada qisqardi, deb ta’kidladi Bloomberg.

XEAning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yilning iyul oyida dunyo omborxonalariga eng yuqori darajada — 249 million barrel neft to‘planib, 2015—2019-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan oshgan edi. 2021-yilning fevral oyida esa ularning miqdori 57 million barrelgacha kamaydi.

Neftga bo‘lgan talabning qayta tiklanishi va narxining ko‘tarilishi sababli yoqilg‘i iste’molining darajasi o‘sdi. ICE London birjasining ma’lumotlariga ko‘ra, Brent nefti 16-aprel kuni savdolarni 66,7 dollar bilan yakunladi. Shu o‘rinda, Bloomberg’ning qayd etishicha, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (Organization of Petroleum Exporting Countries, OPEC) ishlab chiqarish cheklovlarini ehtiyotkorlik bilan yumshatish orqali omborlarning bo‘shatilishini qo‘llab-quvvatladi.

Tabiiy resurslar bozori tadqiqotining rahbari Ed Morzening so‘zlariga ko‘ra, pandemiya davrida to‘plangan neft zaxiralari qoldiqlarining deyarli barchasi Xitoyda joylashgan. AQSh Energetika ma’lumotlari boshqarmasiga ko‘ra, AQSh omborlaridagi zaxiralar pandemiyagacha bo‘lgan davrdagi kabi 1,28 milliard barrelgacha qisqarib, deyarli tugadi. O‘tgan haftada AQShning sharqiy sohillaridagi zaxiralar oxirgi 30 yil ichidagi eng past darajagacha tushib ketdi, deb qo‘shimcha qildi agentlik.

Bundan tashqari, tankerlarga joylangan neft zaxiralari ham qisqarib bormoqda. IHS Markit tahlilchilari Yen Lin Song va Fotiosa Katsulasaning baholashicha, o‘tgan ikki hafta davomida ushbu zaxiralar 27 foizga qisqarib, 50,7 million barrelgacha kamaygan.

Citigroup’ning prognozlariga ko‘ra, neftga talabning ortishi bilan 2021-yilning yarmida ham zaxiralar kuniga 2,2 million barrelga qisqarishda davom etadi, buning natijasida Brent neftining narxi bir barreli uchun 74 dollargacha, hatto undan ham ko‘proqqa qimmatlashishi mumkin.

Avvalroq Xitoy 25 yil davomida barqaror neft ta’minoti evaziga Eron iqtisodiyotiga 400 milliard dollar investitsiya kiritishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro esa koronavirusga qarshi vaksina uchun neft bilan haq to‘lashni taklif qilgandi.

Shuningdek, Xitoydan Niderlandiyaga yo‘l olgan konteynerlarni tashuvchi eng yirik kemalardan biri Ever Given Suvaysh kanaliga tiqilib qolishi oqibatida Brent neftining narxi 5,77 foizga o‘sib, bir barrel uchun 64,3 dollarni tashkil etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
73
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

22 Mar 08:54
 
59
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

12 Apr 21:15
 
40
0
xs.uz

Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl

20 Mar 12:55
 
89
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi

Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sekto