Feyza Aktan sobiq turmush o‘rtog‘i O‘zjan Denizni uni muntazam ravishda kaltaklaganlikda aybladi

Sobiq rafiqasi tomonidan unga kuch ishlatganlikda ayblab, qamoqqa olish talab qilinayotgan O‘zjan Deniz bilan bog‘liq sud jarayonida yangi hodisalar yuz berdi.
O‘z murojaatida Feyza Aktan sobiq eri uni bir emas, bir necha marta urganini ta’kidlagan. O‘zjan unga nafaqat tan jarohati yetkazish, balki ozodlikdan mahrum qilish, haqorat va po‘pisa bilan psixologik zarar yetkazgani ham ma’lum qilingan.
Aktan Deniz unga turmushi davomida xiyonat qilgani, ketmoqchi bo‘lganida esa xonaga qamab o‘lim bilan tahdid qilganini ta’kidlagan. Jarohat yetkazishda ayblangan O‘zjanga 6 oydan 1 yil-u 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish talabi bilan da’vo ochilgan. Istanbul jinoyat sudidagi birinchi instansiyadan keyin Feyza va O‘zjan bir-biriga qarshi da’vo ochgan. Feyza o‘z arizasida sobiq turmush o‘rtog‘iga bir emas ko‘p marta qasddan zarar yetkazgani uchun jazo berilishini so‘ragan. U eri tomonidan homiladorlik paytida uyga qamab qo‘yilgani, 2018-yilda Gochekdagi dam olish vaqtida onasining ko‘z o‘ngida kaltaklanganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, u so‘nggi marta 2019-yil Germaniyada opasining yonida qo‘l ko‘targan. Shundan keyin Feyza mahalliy politsiyaga murojaat qilgan. Feyzaning da’vosidagi ayblovlarning isboti yo‘qligini ro‘kach qilib ko‘rsatgan aktyor esa ishning tugatilishi va uni oqlashlarini talab qilgan.
Avvalroq O‘zjan Denizning sobiq rafiqasini o‘ldirishga uringanlikda ayblangani uning karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.
БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ
Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да
“Tilda, fikrda, ishda birlik” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2024-yil 1-yanvardan boshlab chop etilayotgan 'Jadid' gazetasi oʻtgan qisqa davrda oʻz oʻquvchilarini topishga ulgurdi. Bu bejiz emas, albatta. Mazkur nashr jonajon Vatanimizni sevgan, uning taraqqiyoti va porloq kelajagi uchun oʻzini daxldor sezgan har bir yurtdoshimiz, maʼrifatparvar ajdodlarimizga munosib izdosh boʻlishga intilayotgan jasoratli ziyolilarimiz uchun minbarga aylanib bormoqda.Gazeta sahifalarida jadidlarning millatni isloh etishga oid gʻoyal
“Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman”
Bugun O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi 'Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi' DUK tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda 'Xalq yuragi' turkum doirasida suratga olingan 'Baxtim shul ' o'zbekning Zulfiyasiman' hujjatli filmining namoyishi bo'lib o'tdi.Namoyishda Kinematografiya agentligi vakillari, talaba-yoshlar, kinoijodkorlar hamda kino ixlosmandlari ishtirok etishdi. Mazkur filmni
АҲДИДАН ҚАЙТМАГАН «НОРТОЙ»
Ўзбекистонда биринчи фильм 1897 йил «Эски жўва» майдонида кўрсатилган. 1936 йилдан «Ўзбекфильм» киностудиясининг ташкил топиши ўзбек кино санъати ривожини бошлаб берди. Ўзбек халқи орасидан театр ва кино санъатига ихлосманд ёшлар етишиб чиқа бошлади. Ана шундай ижодкорлард