calendar 26 Feb 17:06
eye 95
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Tilda, fikrda, ishda birlik” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi

image




Prezidentimiz tashabbusi bilan 2024-yil 1-yanvardan boshlab chop etilayotgan 'Jadid' gazetasi oʻtgan qisqa davrda oʻz oʻquvchilarini topishga ulgurdi. Bu bejiz emas, albatta. Mazkur nashr jonajon Vatanimizni sevgan, uning taraqqiyoti va porloq kelajagi uchun oʻzini daxldor sezgan har bir yurtdoshimiz, maʼrifatparvar ajdodlarimizga munosib izdosh boʻlishga intilayotgan jasoratli ziyolilarimiz uchun minbarga aylanib bormoqda.

Gazeta sahifalarida jadidlarning millatni isloh etishga oid gʻoyalari, asarlaridan namunalar, shuningdek, 'Davr ruhi', 'Oyina', 'Jamiyat', 'Zamon jadidlari', 'Taklif', 'Mulohaza', 'Tamaddun', 'Boqiy meros', 'Fikr maydoni' kabi ruknlar ostida taniqli siyosatchilar, sotsiologlar, adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar, publitsistlar, olimlar, tarixchilarning ilmiy-ommabop maqolalari berib borilmoqda.

Albatta, har bir nashrning oʻz rivojlanish yoʻli, mamlakatimiz ravnaqida oʻz oʻrni bor. 'Jadid' gazetasi esa matbuotni 'butun dunyodagi madaniy millatlarning hayot yoʻllari, olamdagi darajalari hamda insoniyat taraqqiysining eng yuqori pogʻonasiga erishmoq uchun lozim boʻlgan saʼy-harakatlari toʻgʻrisida bir-birlari bilan maslahat va kengash qilmoq uchun bagʻoyat zarur bir vosita', deb bilgan jadid bobolarimizning ezgu anʼanalarini davom ettirishga intilayotgan nashr sifatida media maydonida yuz koʻrsatdi.

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yoʻlida chuqur islohotlar amalga oshirilar ekan, matbuot va soʻz erkinligini taʼminlashga jiddiy eʼtibor berilmoqda. Ommaviy axborot vositalari ommaga yurtimizdagi tarixiy yangilanishlarni roʻyirost koʻrsatadigan, turli sohalarda mavjud kamchilik va muammolarni xolisona tahlil qilib, ularning yechimlarini beradigan fikr va qarashlar, talqinlar kurashi maydoniga, jamiyat yuziga tutilgan koʻzguga aylanib bormoqda.

'Jadid' gazetasi ana shu qizgʻin jarayonda xalqimiz oydinlarining mustabid tuzum zamonida ilgari surgan gʻoyalari, istiqbol rejalariga urgʻu qaratib qolmay, yurtimizda roʻy berayotgan bugungi oʻzgarishlarning maʼno-mohiyati hamda ahamiyatini oʻziga xos usul va uslubda yoritishga harakat qilyapti.

'Tilda, fikrda, ishda birlik!' kitobida tahririyat jamoasining bir yillik faoliyati sarhisobi oʻlaroq nashr sahifalaridan joy olgan eng sara maqolalar, tabriklar, dil soʻzlari, jozib sheʼrlar, kichik tadqiqotlar, tahlillar, taqqoslar, talqinlar jamlandi. Shu maʼnoda, toʻplamga kiritilgan materiallarni gazetada chop etilgan ijodiy ishlarning qaymogʻi, deyish mumkin.

Kitob oʻziga xos koʻrkam dizayn va koʻrinishga ega boʻlib, tezda oʻquvchilar eʼtiborini tortadi. Milliy anʼanalarga hamohang bezaklar, rangli fotosuratlar uning siyratini yanada boyitgan.

Toʻplamning ilk sahifalaridan davlatimiz rahbarining 'Jadid' gazetasi jamoasi va mushtariylariga yoʻllagan tabrigi joy olgani uning ahamiyati hamda nufuzini yanada oshirgan.

XX asr boshlarida xalqimizni ozodlik uchun kurashga chorlagan, Vatan istiqboli yoʻlida jon fido qilgan bobolarimiz hayoti hamda faoliyatini chuqur oʻrganish, keng targʻib etish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan yangi Oʻzbekistonda 'Jadid' gazetasi chop qilinishi, shuningdek, tahririyat jamoasi mehnatlari mahsuli oʻlaroq dunyo yuzini koʻrgan 'Tilda, fikrda, ishda birlik!' kitobi hozirgi tahlikali, ong-u qalbga qaratilgan axborot xurujlari avj olgan zamonda bebaho qiymat kasb etadi. Ushbu loyihalar xalqimizni maʼnaviy uygʻoqlikka chorlash, vatanparvar, millatsevar avlodni kamolga yetkazishga katta hissa qoʻshadi.

Shu yilning 19-fevral kuni 'Jadid' gazetasida chop etilgan sara maqolalar asosida tayyorlangan 'Tilda, fikrda, ishda birlik' kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda diplomatik korpus vakillari, jadidshunos olimlar, atoqli adib va publitsistlar, sanʼat vakillari hamda jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbir doirasida jadidlar hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan kitoblar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, Oʻzbekiston davlat drama teatri repertuaridagi 'Turkiston bolalari' spektaklidan parcha yigʻilganlarga taqdim qilindi.

Tadbir yakunida 'Jadid' gazetasi tomonidan oʻtkazilgan 'Mushtariylar eʼtirofi' tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
37
0
xs.uz

Bepul kinonamoyishlar — barcha uchun

Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o'zbek filmlarining namoyishini 'Muhabbat bahori' filmi boshlab berdi. Unda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to'xtalib o'tishdi.Filmda ikki ijodkor ' O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, ijod va hayot y

31 May 08:51
 
93
0
xs.uz

Eksponatlar bilan boyigan muzey

Ushbu eksponatlar orasida, ayniqsa, 1965-yildan ishlab chiqarila boshlangan 'Molodyojniy' rusumidagi elektrofon e'tiborni tortadi. Bu uskuna san'atkor hayotining so'nggi yillariga to'g'ri kelgan davr mahsuli bo'lgani bilan tarixiy jihatdan muhimdir.Shuningdek, fondga san'atkorga tegishli va hozirgi kunda juda noyob, tarixiy fotosuratlar ham topshirildi. Mazkur eksponatlar T. Jalilov merosini chuqurroq o'rganish, uning hayoti va ijodini keng jamoatchilikka yetkazish imkoniyatini oshiradi.

31 May 08:51
 
91
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

13 May 14:39
 
377
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini