calendar 03 Apr 07:20
eye 24
comments 0
comments Manba: zamin

Yana 4 nafar bokschimiz Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi

image
Dunyoda koronavirus infektsiyasining yangi to'lqini yuzaga kelayotgani sabab Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya boks bo'yicha jahon litsenzion musobaqasini bekor qilgan edi. Musobaqaning o'rniga yo'llanmalar qitʻalar kesimida sportchilarning reytingdagi pog'onasiga qarab taqsimlanishi maʻlum qilingan.

Maxsus komissiya sportchilarning reyting pog'onasini o'rganib chiqdi va bu borada Olimpiada yo'llanmalarining egalari maʻlum bo'lgach, Milliy olimpiya qo'mitalariga rasmiy xat jo'natdi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi vakillaridan Fanat Qahramonov (-75 kg) va Dilshod Ro'zmetov (-81 kg), ayollardan Rayhon Qodirova (-60 kg) va Maftuna Meyliyeva (-69 kg) Olimpiada yo'llanmalariga ega bo'lishdi.

Taʻkidlash joiz, oilaviy sharoit (homilador) sabab Maftuna Meyliyevaning litsenziyasi reytingda u bilan yonma-yon turgan boshqa bir hamyurtimiz Shahnoza Yunusovaga o'tadigan bo'ldi.

Bu xaqda Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi «Tokio – 2020» olimpiya o'yinlarida 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadigan bo'ldi. Erkaklar jamoamiz to'liq tarkibda, qizlarimiz esa 3 nafar ishtirokchi bilan Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibimiz:

Erkaklar:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro'zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhon Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

ARQONDA SAKRASH HAM OZDIRADI

Arqonda sakrash salomatligimiz uchun qanchalar foydali ekanini bilasizmi? Oddiy shu mashq yordamida ozish mumkinligini-chi?Ushbu jismoniy faollik har qan­day kardiomashg‘ulotlarga qaraganda ko‘proq kaloriya yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, yog‘ni eritadi, mushaklarni kuchaytiradi, chidamlilikni oshiradi. To‘g‘ri texnika bilan mashq bajarilsa, sezilarli darajada vazn yo‘qotishning imkoni bor.Xo‘sh, vazn yo‘qotish uchun arqon bilan qanday va qancha sakrash kerak? Avvalo, u

12 Apr 21:16
 
40
0
xs.uz

Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytirdi

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning 'Roma' klubi bilan shartnomasini 2027-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi. Bu haqida 'Yahoo Sports' nashri maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, Eldor Shomurodov klub bilan shartnomani uzaytirish uchun amaldagi maoshining qisqarishiga rozilik bildirgan. 'Roma' klubining ayni vaqtdagi boshqaruv strategiyasiga koʻra, jamoa shartnomani uzaytirmoqchi boʻlgan ayrim futbolchilarning maoshlarini qisqartirishni nazarda tutadi.Taʼkidlash joi

18 Apr 11:08
 
381
0
xs.uz

Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi

Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.

20 Mar 12:50
 
31
0
postda.uz

Кучлар яшил майдонда синалди

Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.