calendar 20 Mar 12:50
eye 76
comments 0
comments Manba: postda.uz

ARQONDA SAKRASH HAM OZDIRADI

image

Arqonda sakrash salomatligimiz uchun qanchalar foydali ekanini bilasizmi? Oddiy shu mashq yordamida ozish mumkinligini-chi?

Ushbu jismoniy faollik har qan­day kardiomashg‘ulotlarga qaraganda ko‘proq kaloriya yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, yog‘ni eritadi, mushaklarni kuchaytiradi, chidamlilikni oshiradi. To‘g‘ri texnika bilan mashq bajarilsa, sezilarli darajada vazn yo‘qotishning imkoni bor.

Xo‘sh, vazn yo‘qotish uchun arqon bilan qanday va qancha sakrash kerak? Avvalo, unutmangki, hech qan­day jismoniy mashqlar parhezga rioya qilmasdan turib qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam bermaydi. Demak, ozish uchun har kuni mashq qilishingiz lozim. Birinchi marta mashg‘ulot 1–2 daqiqadan oshmasligi kerak. Har 3–4 kunda ikki daqiqadan qo‘shing. Tezlik­ni kuzatish muhim, dastlab u minimal bo‘lsin. Shu tarzda mashq qilish orqali siz nafaqat vazn yo‘qotasiz, balki tananing barcha mushaklarining uyg‘unli­gini oshirasiz, oyoqlar, boldirlarni mustahkam­laysiz, holatni muvofiqlashtirishni, muvozanat hissini, chaqqonlikni yaxshilaysiz. E’tibor beringki, ovqatlanishdan oldin yoki ovqatdan ikki soatdan keyin mashq bilan shug‘ullanish maqsadga muvofiq.

Agar siz ko‘pincha o‘tirib ishlaydigan bo‘lsangiz yoki aksincha, doimiy og‘ir narsani ko‘tarish tufayli belingiz tez-tez og‘riydigan bo‘lsa, bu holatda ham arqonda sakrash mashqi qo‘l keladi. Chunki bu jarayonda umurtqa pog‘onasi cho‘ziladi. Natijada skolioz muammosi xavfi kamayadi.

Shu bilan birga, arqonda sakrash mashqi yurak faoliyatini yaxshilaydi, organizmda yig‘ilib qolgan tuzlarni haydashga yordam beradi. Yana bir muhim jihati – stressga qarshi kurashishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi, asab tizimiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kayfiyatni yaxshilaydi.

Ushbu mashg‘ulot ozish uchun ham, salomatlik uchun ham foydali bo‘lsa-da, mumkin bo‘lmagan holatlar ham bor. Xususan, tomirlar varikozi, haddan tashqari semizlik, tromboflebit, tizza, oyoq, chanoq sohasi jarohatlari, yurak kasalliklari, gipertoniya va yallig‘lanish kasalligi bo‘lganlar uchun arqonda sakrash mashqi holatni og‘irlashtiradi.

Shuningdek, 50 yoshdan oshganlar mutaxassis tavsiyasisiz mazkur mashqni bajarishi tavsiya etilmaydi.

Adolat FAYZIYEVA tayyorladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
133
0
xs.uz

Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.

04 Jun 02:45
 
143
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

13 Jun 00:40
 
36
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri

04 Jun 02:45
 
147
0
xs.uz

Nukusda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Qizg'in bahslarga boy bo'lgan musobaqa yakuniga ko'ra:16 ' 21 yoshlilar orasida:1-o'rin: Beruniy tumani 'Shabboz' MFY2-o'rin: Qorao'zak tumani 'Dosnazarov' MFY3-o'rin: Qo'ng'irot tumani 'Sanoat' MFY.22 ' 30 yoshdagilar orasida:1-o'rin: Mo'ynoq tumani 'Jayhun' MFY2-o'rin: Shumanay tumani 'Momiy' MFY3-o'rinni Xo'jayli tumani 'Uzumzor' MFY jamoalari egalladi.Musobaqa yakunida g'oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, qimmatbaho sovg'alar va O'zbekiston Respublikasi bosqichiga yo'llan