O‘zbekistonda boshlangan vaksinatsiya, maoshidan norozi shifokorlar, Birinchi raqamli bortdagi prezident. 1-aprel suratlari

Dunyo va O‘zbekistonda 1-aprel kuni olingan eng sara suratlarni namoyish qilamiz.
67 yoshli nafaqaxo‘r Zavqinmurod Abdullayev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 5-sonli oilaviy poliklinikada ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini olgach yarim soatlik nazoratda o‘tiribdi. 1-apreldan O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Bir kun ichida 5018 kishi vaksina oldi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Islandiyadagi vulqondan lava otilishini tomosha qilayotgan odamlar. Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Reykyanes yarimorolida 19-mart kuni olti ming yil uxlagan Fagradalsfyadl vulqoni otildi. Vulqon mamlakat poytaxti Reykyavikdan taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Islandiya meteorologiya idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, vulqon aholi va infratuzilma uchun xavf tug‘dirmaydi.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: Harakatga kelgan vulqon yaqinida xotirjamlik bilan voleybol o‘ynayotgan islandiyaliklar (video)
Kaliforniyaga kelgan mehmonlar Wienermobile (Oscar Mayer mahsulotlarini Qo‘shma Shtatlarda reklama qilish uchun foydalaniladigan bulochka ustidagi sosiska ko‘rinishidagi mashina) yonida suratga tushmoqda.
Foto: Reuters
Hindistonning Assam shtatida o‘tkazilayotgan saylovda saylovchilar o‘z navbati kelishini poylamoqda. Erkaklar bir tomonda, ayollar boshqa qatorda navbatda turibdi.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: Pandemiyaga qaramay Hindiston ko‘chalarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotgan Holi bayrami — suratlarda
Myanmaning Mandalay shahrida tunda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 100 dan ortiq uylar yonib ketdi. Odamlar yong‘indan so‘ng qolgan vayronalarni ko‘zdan kechirmoqda. Fevral oyida mamlakatda yuz bergan harbiy to‘ntarishdan so‘ng namoyishlar hali ham davom etmoqda.
Foto: AFP
Italiyaning Ankona shahrida operatsiyadan chiqqan yetti oylik bolani hamshira tinchlantirmoqda. COVID-19 cheklovlari sabab bolaning ota-onasi uning oldiga kira olmaydi.
Foto: Reuters
Myanmaning Yangon shahrida namoyishchilar konstitutsiya kitobini yoqmoqda. Harbiy hukumatga qarshilar 2008-yilgi konstitutsiyani qonuniy kuchga ega emas deb e’lon qildi.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: Myanmada norozilik namoyishlari chog‘ida bir kunda 100 dan ortiq odam o‘ldirildi. Qurbonlar orasida bolalar ham bor
31-mart kuni kechasi va tunda Toshkent shahrida bir necha soat yomg‘ir yog‘di. 1-aprel kuni tongda esa ochiq ob-havoni kuzatish mumkin edi. Suratda shahardagi Markaz-1 dahasidagi turar joylar ichida qurilayotgan yangi ko‘pqavatli uylar aksi ko‘rinib turgan ko‘lmak hamda chiqindixonadan shamol uchirib kelgan shar.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Rim Papasi Fransisk Avliyo Pyotr bazilikasida muqaddas yog‘ solingan amforaga puflamoqda. Shu yo‘l bilan pontifik yil davomida farmoyishlarni imzolash uchun ishlatiladigan yog‘ning ramziy miqdoriga baraka beradi.
Foto: EPA
Xitoyning Kvanju shahrida sayyoh Eva-Kristina Harlin tomonidan o‘rnatilgan Outi Pieski art-installyatsiyasini tomosha qilmoqda.
Foto: Getty Images
Rossiyalik Daniil Medvedev Floridada o‘tkazilgan Miami Open turnirida ispaniyalik Roberto Batista Agutga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng raketkani sindirib tashladi.
Foto: EPA
Toshkent shahrining Mustaqillik ko‘chasi, Hamid Olimjon maydonidagi eski 16 qavatli uylar ortidan mo‘ralab turgan yangi qurilayotgan turar joy majmualari.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
AQSh prezidenti Jo Bayden Pittsburgga infratuzilma haqida nutq so‘zlash maqsadida safar qilish uchun Birinchi raqamli bortga chiqmoqda.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: AQSh tashkilotlari Baydenni Putin bilan konstruktiv muzokaralar olib borishga chaqirdi
Janubiy Koreyada 75 yoshdan oshganlarni Pfizer-BioNTech vaksinasi bilan emlash boshlandi. Vaksinatsiya jarayonlari shifoxonalardan boshqa binolarda, masalan, sport zallarida ham tashkil qilingan.
Foto: EPA
Kuchli yomg‘ir oqibatida ikkiga bo‘linib ketgan Samarqandning Paxtachi tumanidagi Mirkan ko‘prigini ta’mirlash ishlari ketmoqda. Ko‘prik beton to‘siq bilan to‘sib qo‘yilgan. Betonda “A+D+A=Do‘st” deb yozib qo‘yilganini ko‘rish mumkin.
Foto: O‘zA
Mavzuga doir: Paxtachida sel buzib yuborgan “yap-yangi qurilgan” ko‘prik aslida 50 yillik eski ko‘prik ekani ma’lum qilindi
Tadqiqotchilar oq ayiqlar populyatsiyasini kuzatish va iqlim o‘zgarishining ularga ta’sirini baholash uchun Rossiyadagi ekspeditsiyada.
Foto: “TASS”
Chirchiq daryosi ustidagi ko‘prikdan o‘tib, Oqtosh qishlog‘i tomon ketayotgan mashinalar.
Foto: “Daryo”
Mumbayda COVID-19 koronavirusidan ogoh qilish maqsadida devorga chizilgan niqob taqqan Gollivud aktrisasi Merilin Monro va Ozodlik haykali surati oldidan o‘tayotgan niqobdagi erkak.
Foto: Getty Images
Koronavirusga qarshi emlangan namanganlik otaxon shifokorlarni duo qilmoqda. O‘zbekistonda vaksinatsiyaning birinchi kunida Namangan viloyatida 200 dan ortiq odam emlandi.
Foto: SSV matbuot xizmati
Mavzuga doir: O‘zbekistonda to‘liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga QR-kodli sertifikat beriladi
Londondagi Avliyo Tomas shifoxonasi oldida tibbiyot xodimlari maoshlari 15 foizga oshirilishini talab qilib namoyish o‘tkazmoqda. Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining maoshini 1 foizga oshirishni tavsiya qilgan. Shifokorlar ko‘tarib olgan plakatda ular 1 foizdan ko‘prog‘iga loyiqligi yozilgan.
Foto: Shutterstock
Kaliforniyaning Orinj okrugida otishma yuz bergan ofis binolari joylashgan yo‘lning narigi betida yangilik kutayotgan odamlar. Hodisa oqibatida 4 kishi, jumladan, bir nafar yosh bola halok bo‘lgan. Bu so‘nggi 2 hafta ichida AQShda yuz bergan uchinchi ommaviy qotillik bo‘ldi.
Foto: Shutterstock
Seul shahri meri lavozimi uchun muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylov arafasida saylov uchastkalarida tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda. Janubiy Koreya poytaxtining avvalgi meri 2020-yil iyulida o‘z joniga qasd qilgandi.
Foto: AP Photo
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Noroziliklarga sabab bo‘lgan haykal, qirollik unvoni uchun kurashayotgan echkilar, budda holatidagi Tramp. 31-mart suratlari
- Shavkat Mirziyoyevdan sovg‘a olgan Vengriya bosh vaziri, dars o‘tayotgan Kapitan Amerika, yog‘ochdan yasalgan fillar to‘dasi. 30-mart suratlari
- Sellar ichidagi O‘zbekiston, Sara Obamaning vafoti, dunyodagi eng katta qabriston. 29-mart suratlari
- Koronavirusni yenggan 99 yoshli onaxon, onlayn ta’limga qarshi bolalar, avtobusdagi Kim Chen In. 26-mart suratlari
- O‘pirilgan “Amirsoy” yo‘li, qora tuynukning ikkinchi rasmi, Fukusimada yoqilgan Olimpiada olovi. 25-mart suratlari
- Biznes jetda uchgan Ortiqxo‘jayev, taygada dam olgan Putin, Toshkentga olib kelingan million doza vaksina. Hafta suratlari
Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi
Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.
Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi
Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i
“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi
Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari
“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi
Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni