calendar 02 Apr 05:10
eye 19
comments 0
comments Manba: daryo

Erling Holand “Barselona”ga o‘tishi mumkin. Uning otasi va agenti muzokara o‘tkazish uchun Kataloniyaga bordi

image

“Borussiya D” klubi hujumchisi Erling Holandning agenti Mino Rayola 1-aprel kuni Barselonaga bordi.

Foto: Twitter

U bilan birga futbolchining otasida Alf-Inge Holand ham Ispaniyaga uchib kelgan. Aeroportda ularni “Barselona” prezidenti Xoan Laportaga tegishli kishi kutib olgan. Rayola va Holandning Kataloniya aeroportida ko‘rinish bergani haqida Diario Sport, Mundo Deportivo kabi katalon nashrlari, shuningdek, insayder Fabritsio Romano xabar qildi.

Fabritsio Romanoga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi uchrashuv pozitiv ruhda o‘tgan. Biroq bu muzokaralarning boshlang‘ich bosqichi, xolos. Hali tomonlar kelishuvdan ancha yiroqda.

Shuningdek, italiyalik jurnalistning aytishicha, Rayola futbolchiga xaridor bo‘lgan boshqa klublar bilan ham shu tariqa muzokara olib boradi.

Avvalroq “Barselona” 20 yoshli norvegiyalik futbolchi transferiga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. “Borussiya” Holandni 180 million yevroga baholamoqda.

Holandga “Real”, “Chelsi” va Manchester shahri klublaridan ham qiziqish bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi

Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva  kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan. XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi: 1. Jon Jons (27-1-0-1); 2. Jorj Sent-Per (26-2); 3. Anderson Silva (34-11-

11 Aug 03:44
 
31
0
xs.uz

Abdumalik Xalokov Parij Olimpiadasida tengsiz!

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Xalokov (-57 kg) oltin medal uchun Qirgʻiz Respublikasi vakili Munarbek Saidbek oʻgʻliga qarshi ringga koʻtarildi.Qiziqarli kechgan bahsning birinchi raundida hamyurtimiz 5:0 hisobida raqibini yutdi. Ikkinchi raund ham xuddi hisobda bokschimiz foydasiga hal boʻldi. Shu tariqa butun jang davomida ustunlik qilga

26 Jul 10:19
 
50
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari aniq bo‘ldi

2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi,  2034 yilgi bahslar uchun esa Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri tanlandi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘z bayonotida ma’lum qildi. ”XOQ 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari AQSHning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, deydi tashkilot prezidenti Tomas Bax. Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri 2002 yi