calendar 31 Mar 04:10
eye 52
comments 0
comments Manba: daryo

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban boshchiligidagi delegatsiyani Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olish marosimi — suratlarda

image

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Prezidentining Ko‘ksaroy qarorgohida 30-mart kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan avval prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va uning turmush o‘rtog‘i Aniko Levai bilan birga esdalik uchun suratga tushdi.

Shundan so‘ng rasmiy marosimdan keyin tashkil etilgan tor doiradagi uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev mehmonni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarda yangi davrni boshlab berishini ta’kidlagan. O‘z navbatida, Viktor Orban tashrifidan mamnunligini bildirib, Vengriya O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etgan.

Rasmiy muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirildi.  Tadbirda ikki tomonlama hamkorlik borasida hali ishga solinmagan juda katta imkoniyatlar borligi ta’kidlangan. Shu sababli asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalariga qaratilgan. Shavkat Mirziyoyev mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, savdo hajmi muvozanatini tenglashtirish, zarur mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish muhimligini ta’kidladi. Bu borada Budapeshtda tashkil etilayotgan O‘zbekiston—Vengriya savdo uyi imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi. Davlat rahbari ikki mamlakat hududlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish, har yili Mintaqalar forumini o‘tkazish taklifini bildirdi.

Vengriya qishloq xo‘jaligi, mevalarni saqlash va qayta ishlash, baliqchilik hamda urug‘chilik sohalaridagi ilg‘or tajriba va texnologiyalar bilan almashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham katta e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash kerakki, tashrif doirasida ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolandi. Rasmiy tadbirlar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohining anjumanlar zalida ana shu hujjatlarni almashish marosimi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

“Daryo” muxbiri ushbu tadbirlarning ayrimlarida kadrlarga muhrlangan lahzalarni ulashdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Energetika vaziri Alisher Sultonov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto va O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto va innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto va O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
59
0
xs.uz

Eynshteynning mashhur surati rekord narxga sotildi

Bu surat 1951-yil 14-martda fotograf Artur Sass tomonidan olingan. Oʻsha kuni Eynshteyn oʻzining 72 yoshini nishonlagan, ziyofat tugagach, u doʻstlarining uyiga olib borib qoʻyish taklifidan foydalangan. Olim avtomobilga oʻtirishi bilanoq, reportyor undan suratga tushishni soʻragan. Kameralardan charchagan olim buning oʻrniga tilini koʻrsatgan ' shu tariqa ramziy kadr paydo boʻlgan.Keyinchalik Eynshteyn gazetada ushbu suratni koʻrib, imzo chekish va doʻstlariga sovgʻa qilish uchun un

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

23 Mar 16:44
 
76
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

16 Apr 09:12
 
27
0
xs.uz

Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi

AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif