Karantindagi katta yubiley: Venetsiya shahrining 1600 yilligi qanday nishonlanmoqda? (foto)

2021-yil 25-mart kuni Venetsiyaning tashkil topganiga 1600 yil to‘ldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli karantinning ikkinchi yili davom etmoqda. Bayramlarni keng miqyosda nishonlash esa taqiqlangan. Ammo dunyoning eng go‘zal shaharlaridan birining aholisi yubileyni qay tarzda nishonlashni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Venetsiya 421-yil 25-martda tashkil topgan. Ajoyib shahar o‘zining o‘rta asrlardagi qiyofasini saqlab qolgan. Pandemiyaga qadar har yili 20 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan.
Foto: Pixabay
Aholi yubileyni qay tarzda nishonlashni va zavqlanishni biladi. Bu yil ham yubiley tantanalariga yuz minglab sayyohlar jalb etilgan bo‘lar edi. Ammo Venetsiya Italiyaning aksariyat mintaqalari singari qizil hududda. U yerda karantinning qat’iy chelovlariga amal qilinadi.
Foto: Pixabay
“Faqat zarur bo‘lganda ko‘chaga chiqish mumkin: ish, do‘kon, shifokor uchun. Boshqa sabab bilan ko‘chada yurish mumkin emas” − deydi Kristina Samilina. Bar, restoran, kafelar yopiq, faqatgina buyurtma berish mumkin.
Foto: Pixabay
Shaharda komendantlik soati mavjud. Kechasi soat o‘ndan tonggi beshgacha tashqariga chiqish taqiqlanadi. Bu kamida 2021-yilning 4-apreligacha amal qiladi.
Foto: Pixabay
Sayyohlar yo‘q, agar mehmonxonalarda bor bo‘lsa, ular ishlash uchun kelgan.
Foto: Pixabay
Venetsiyaliklar qoidalarga qat’iy rioya qiladi. Niqobsiz ko‘chaga chiqish mumkin emas. Shuningdek, jamoat joylarida dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanadi.
Foto: Pixabay
Santa-Lyuchiya temiryo‘l stansiyasida politsiya yo‘lovchilardan sertifikat talab qiladi. Hujjatda odamlar harakatlanish sababini, tashrif vaqti, shaxsiy ma’lumoti ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Foto: Pixabay
Ammo Venetsiyaning yubileyi e’tiborsiz qoldirilmaydi. Shaharning rasmiy saytida ta’tilda soat 11 da San-Marko bazilikasida ommaviy marosim o‘tkazilishi aytilgan. Odamlarning ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun televizion translyatsiya va Facebook’da jonli efir tashkil etiladi.
Foto: Pixabay
Soat 16:00 da esa Venetsiyaning barcha ibodatxonalari qo‘ng‘iroqlar bilan bayram kunini eslatadi. Kechki soat 06:30 da “Rai 2” milliy telekanalida shahar tarixi va madaniyati haqida hikoya qiluvchi maxsus dastur boshlanadi.
Foto: Pixabay
Yubileyga Grand kanal qirg‘oqlarini bog‘laydigan mashhur Rialto ko‘prigi bayramona tarzda bezatilgan.
Foto: Pixabay
Venetsiya hukumati yubiley tantanalari butun yil mobaynida davom etishiga qaror qildi.
Mer Luiji Brugnaro butun dunyo bo‘ylab Venetsiyaga bag‘ishlangan tadbirlarni − uning tarixi, arxitekturasi, san’ati, taniqli insonlarini 2022-yil 25-martgacha butun dunyo miqyosida o‘tkazishga chaqirdi. Bu konferensiya, seminar, ko‘rgazma, namoyish va ekskursiyalar bo‘lishi mumkin.
Foto: Pixabay
Shahar hokimligi bunday loyihalarni axborot bilan ta’minlashga tayyor. Buning uchun qo‘mita tashkil etilib, uning tarkibiga madaniyat, san’at xodimlari, ishbilarmon, siyosatchi, xayriya tashkiloti va ijtimoiy muassasa vakillari kirdi.
Foto: Pixabay
Hozirda kalendar bo‘yicha 235 ta tadbir loyihalari mavjud. Masalan, 11-sentabrdan 27-martgacha “Venetsiya − tug‘ilish va qayta uyg‘onish” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan.
Foto: Pixabay
ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ
Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * * Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *
“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?
Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi: London Moskvani ogʻir ahvolga solib qoʻymoqchi
Buyuk Britaniya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiyaga tegishli 25 milliard funt sterlingdan (deyarli 30 milliard yevro) ortiq aktivlarni muzlatib qoʻydi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi qoshidagi Moliyaviy sanksiyalarni amalga oshirish boshqarmasi (OFSI) 21-mart kuni maʼlum qildi. London va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan tarixdagi eng qattiq moliyaviy sanksiyalar joriy etilganini qayd etmoqda.OFSI hisobotida qayd etilishicha, 2022-yil fevral oyidagi toʻliq miqyosli urush