calendar 24 Mar 21:20
eye 50
comments 0
comments Manba: zamin

Bu yil qishda ham, yozda ham elektr o'chmaydi — vazir Prezidentga vaʻda berdi

image
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bo'yicha o'tkazgan selektor yig'ilishi davomida elektr energiyasi va tabiiy gaz taʻminoti muammosini ko'tardi. Davlat rahbari o'tgan qish davomida yuzaga kelgan muammolar takrorlanmasligi uchun energetika vaziri Alisher Sultonovdan hisobot talab qildi.

Biz uzoq yillar davomida to'planib qolgan elektr va gaz tarmoqlaridagi muammolar yechimi bo'yicha juda katta mablag' ajratdik. Bu sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

O'tgan qish davomida sohada yuzaga kelgan muammolar aholi va tadbirkorlik sohasiga qiyinchilik tug'dirdi. Ushbu holat takrorlanmasligi uchun qator topshiriqlar berilgan. Hozir energetika vaziri Alisher Sultonov bu bo'yicha hisobot beradi
, — dedi davlat rahbari.

Alisher Sultonov o'z hisoboti davomida maʻlum qilishicha, oxirgi yillar davomida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan.

2016 yilga qadar respublika bo'yicha 9300 kilometr elektr tarmoqlari qurilgan va 4800 ta transformator yangilangan edi. Bu ko'rsatkich umumiy infratuzilmaning 4 foizini tashkil etadi

Oxirgi 4 yil ichida esa 25 ming kilometrli elektr tarmoqlari qurildi va 9800 ta yangi transformator ishga tushirildi. Aholi talabi jadal o'sib borishi va sanoat korxonalari qurilishi natijasida elektr energiyasiga talab oshib bormoqda. Shu sababli energetika tarmog'ini modernizatsiya qilishni davom etamiz. Bu ishni yangi tizim asosida amalga oshirmoqchimiz
, — dedi Alisher Sultonov.

Vazirning aytishicha, muammoli mahallalar og'ir va o'ta og'ir toifalarga bo'lib chiqilgan va ularga mutaxassis biriktirilgan. Yangi qurilgan tarmoq va transformatorlar mahalla raislari ishtirokida foydalanishga topshirilgan va mahalla javobgarligi bo'yicha mexanizm tashkil etilgan.

Shu bilan birga, Alisher Sultonov elektr energiyasi tannarxini tushirish bo'yicha bajarilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi.

Tannarxni pasaytirish bo'yicha hududlarda ish olib borilmoqda. 14 ta loyihalash guruhlari tashkil etilib, optimallashtirish ishlari olib borilyapti. 13 ta tsexda temir beton tayanch va transformatorlar ishlab chiqilmoqda.

O'zbekistonda bir yil davomida elektr tarmoqlarini rivojlantirish uchun 430 million dollarlik ishlar amalga oshiriladi
, — dedi energetika vaziri.

Alisher Sultonov selektor yig'ilishi davomida joriy yilgi kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bo'yicha muammo bo'lmasligini vaʻda qildi. Vazirning taʻkidlashicha, nafaqat qishda, balki yozda ham elektr energiyasiga talab oshib ketadi va bunga ham tayyor turish kerak.

Bundan buyon nafaqat kuz-qish mavsumi, yilning har bir davriga eʻtibor kuchli bo'ladi. Yil davomida energiya taʻminoti barqaror bo'lishini taʻminlaymiz. Oxirgi yillarda nafaqat qishda, balki yozda ham elektr energiyasiga talab oshib ketadi. Odamlar konditsionerlar ishlatishadi.

Hisob-kitobimizga ko'ra ayni vaqtga qadar bajarilgan ishlar yozda ham, qishda ham to'liq talabni taʻminlab beradi. Qo'shni davlatlar bilan energetika taʻminoti bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olingan
, — dedi Alisher Sultonov.

Prezident Mirziyoyev selektor yig'ilishi davomida tabiiy gaz taʻminoti mavzusini ham ko'tardi. Gaz taʻminotini barqaror ishlashi uchun joriy yilda quvurlarni almashtirish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilgani aytildi. Xususan, magistral gaz quvurlarini yangilash uchun 617 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Natijada tabiiy gazni mamlakat shimolidan markazga yo'naltirish imkoni oshadi.

Markaziy gaz quvurlarining aksariyat qismi 1958 yilda qurilgan bo'lib, ancha eskirib ketgan va katta bosimda gaz yo'naltirishga yaramay qolgan. Shu yilning oktyabriga qadar 455 kilometr gaz quvuri quriladi va Farg'ona vodiysi taʻminoti yaxshilanadi.

Hozirda gazotransport tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha ish olib borilmoqda. Markaziy magistral tizimi eskirib, yetarlicha gaz bosimini ko'tara olmay qolgani tufayli bor gazni ham hududlarga yetkazib bera olmas edik. Shu sababli gazotransport sohasiga davlat xususiy sherikchiligi bo'yicha investitsiya kiritiladi. Davlat kafolati ostida bo'lmagan mablag'lar jalb etiladi, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev selektor yig'ilishi davomida, shuningdek, nima sababdan energetika sohasidagi ishlar to'rt yil oldin boshlanmaganiga izoh berib o'tdi.

Biz bu ishlarni ancha oldin, to'rt yil oldin boshlaganimizda vaziyat ancha yaxshilangan bo'lardi. Ammo nima uchun avvalroq kirisha olmadik? Chunki buning iloji yo'q edi — gazda ham, svetda ham hisob-kitob bo'lmagan, sohada o'g'irlik katta edi.

Hozir biz katta pul evaziga ASKUE tizimini joriy etmoqdamiz. Natijada yanvar-fevral oylarida pul tushumi yaxshilandi. Shu vaqtga qadar tushum 25-30 foizdan oshmagan edi. Hozir esa 85 foizga chiqdi. Sohani to'liq avtomatlashtirsak, taʻminot ham shunga monand yaxshilanadi
, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyevning taʻkidlashicha, o'tgan 25 yil davomida elektr energiyasi va tabiiy gaz to'lovini avtomatlashtirish uchun 20 ta qaror qabul qilingan, ammo ishlar amalga oshmay qolib ketgan. Shu sababli sohada korruptsiya ko'payib ketgan.

Gaz va svet bo'lmasa, «Obod mahalla» bo'lishi mumkinmi? Ko'chalari qorong'u qishloq obod bo'ladimi? Yangi maktab qurganimiz bilan, elektr bo'lmasa, bolalar o'qiy oladimi? Mana shu savollarga javob berish uchun, avvalo, energetika tizimini yaxshilashimiz lozim, — dedi Prezident.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
53
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa

01 Jun 03:47
 
114
0
xs.uz

Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' Telegram kanali xabar qildi.Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻ

18 Jun 21:55
 
14
0
xs.uz

19-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'Oʻzgidromet' 19-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 37-39html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylard

15 Jun 10:46
 
84
0
xs.uz

Fargʻonada hujra tashkil qilib, bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotganlar aniqlandi

Fargʻona viloyatida uyida hujra tashkil qilib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, 9-iyun kuni DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Rishton tumani 'Yuqori Avazboy' MFY Ittifoq koʻchasida yashovchi shaxs uyida hujra sharoitida 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi.Bolalarning 4 nafari