Eng zamonaviy obrazga ham putur yetkazishi mumkin bo‘lgan eskirgan narsalar (foto)

Moda olami tinimsiz o‘zgarishda bo‘lib, u bilan hamnafas bo‘lishning o‘zi ham bir san’at. Ammo ba’zi tendensiyalar alohida ajralib turishga sabab bo‘ladi. Kecha urfda bo‘lsa ham bugun eskirganligi tufayli tashqi ko‘rinishga putur yetkazayotgan bo‘lishi mumkin.
Ingichka ko‘zoynaklar
Foto: AdMe
Ingichka va kichik hajmdagi ko‘zoynaklar qanchalar tez urfga kirgan bo‘lsa, undan chiqishi ham shuncha oson bo‘ldi. Hozirda keng hajmdagi katta ko‘zoynaklardan foydalanish mumkin.
Bomber-kurtkalar
Foto: AdMe
So‘nggi bir necha yil ichida bomber-kurtkalar deyarli hammaning garderobini to‘ldirgan edi. Ammo 2020—2021-yillarda to‘g‘ri bichimli yoki belbog‘li paltolar urfda.
Kalta jinsi shimlar
Foto: AdMe
Klyosh kalta shimlar, asosan, bo‘yi baland qizlar uchun juda mos keladi. Boshqalarning esa bo‘yini aksincha yanada past hamda semiz qilib ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham dizaynerlar tekis va odatiy uzunlikdagi shimlar tanlashni tavsiya etadi.
Tasmali sumka yoki ryukzaklar
Foto: AdMe
Vaqt o‘tishi bilan barcha narsa o‘zgarishi, shubhasiz. Hattoki urfga qaramay hamisha ichi kerakli buyumlarga to‘la bo‘lgan sumkalar ham. Hozirda keng hajmli, qopsimon, tutqichlari zanjirsimon sumkalar yordamida ajoyib obraz yaratish mumkin.
Plastik aksessuar va poyabzal
Foto: AdMe
Bu kabi poyabzallar foydali bo‘lmagani bilan birga, obrazga ham putur yetkazadi. Shuning uchun noodatiylikni xush ko‘ruvchilar ehtiyotkorlik bilan kiyim tanlashi kerak.
Ortiqcha logotiplar
Foto: AdMe
Mashhur brendlar, albatta, o‘zining maxsus logotipiga ega. Ammo har bir libosda ularni aks etishi ham bir qancha noqulayliklar keltirib chiqaradi. Libos tanlashda imkon qadar brendi yashirin va hech qanday ishlab chiqaruvchiga ishora qilmaydiganlariga murojaat qilish kerak.
Dengiz jismlari kabi bezaklar
Foto: AdMe
Ushbu uslubdagi taqinchoqlar 2-3 yil avval urfda edi. Ammo dizaynerlar marvaridlarga hamisha obrazga qo‘shimcha ko‘rk bag‘ishlovchi taqinchoq sifatida qaraydi. Natijada chig‘anoqli yoki shu kabi taqinchoqlar o‘z-o‘zidan chetga chiqdi.
Qoplon nusxali yubka
Foto: AdMe
Umuman olganda, qoplon nusxali liboslar ancha avval urfdan qolgan, shu jumladan, yubkalar ham. Uning o‘rniga biroz nafis, sipo yoki hech qanday naqshsiz keng yubkalar obrazni boyitishda yordam beradi.
Ikki xil zirak
Foto: AdMe
Bir vaqtlar barchaning ko‘nglidan joy olgan ikki xil ko‘rinishdagi ziraklar tez orada ayollarni zeriktirdi.
Hudi-liboslar
Foto: AdMe
Hudi-liboslar qulayligi bilangina hozirgacha kiyilishda davom etmoqda. Aslida ular qomatni semiz qilib ko‘rsatishi bilan tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi.
Qomatni tortib turuvchi ko‘ylaklar
Foto: AdMe
Bu kabi liboslar havo o‘tkazadigan tabiiy matodan tikilmagani bilan birga, o‘ta torligi bilan ham tanani zo‘riqtiradi. Inson borgan sari o‘zi uchun qulaylik izlayotgan vaqtda qomatni tortib turuvchi liboslar garderobda qolmasligi tabiiy.
Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi
Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres
Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi
AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi
Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.