calendar 19 Mar 18:10
eye 49
comments 0
comments Manba: daryo

Foto: Serfarzand davlat rahbarlari

image

Siyosat olamida yaxshi ma’lum, ammo serfarzand ekani haqida hamma ham ma’lumotga ega bo‘lmagan davlat rahbarlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Aleksandr Lukashenko — Belarus prezidenti

Foto: “Domashniy ochag”

Aleksandr Lukashenko 1994-yil 20-iyulda Belarus prezidenti bo‘lgan. 1975-yilda Galina Rodionovna bilan turmush qurgan siyosatchining ikki o‘g‘il farzandi bor. Prezident bo‘lganidan keyin Lukashenko farzandlarining onasi bilan ajrashmagan holda alohida yashay boshlagan. 2004-yilda uchinchi farzandi dunyoga kelgan, ammo Lukashenko uning onasi kim ekanini sir tutgan. OAV bolaning onasi, prezidentning sobiq, shaxsiy shifokori Irina Abelskaya deb ma’lumot tarqatgan. Davlat rahbari bir necha marta boshqa davlatlarga rasmiy tashrifi davomida kenja qizi Nikolayani o‘zi bilan birga olib ketgan. Uning 7 nafar nabirasi bor.

Filipp — Belgiya qiroli

Foto: “Domashniy ochag”

Belgiya qiroli Filipp Leopold Ludovik Mariya 2013-yilda taxtga o‘tirgan. U uyda ta’lim olmasdan oddiy maktabga qatnab o‘qigan birinchi merosxo‘r shahzoda bo‘lgan. Stenford universitetida siyosatshunoslik bo‘yicha magistrlik darajasini qo‘lga kiritgan. Matilda d’Udekem d’Akozga uylangan Filippning 4 nafar farzandi bor. Belgiyada merosxo‘rlik jinsga bog‘liq emas, shu sabab ham uning birinchi qizi 18 yashar Yelizaveta Tereza Mariya Yelena taxtga birinchi da’vogar hisoblanadi. Belgiya qirolining o‘g‘li Gabriel Boduen Karl Mariya 16, uchinchi farzandi Emmanuel Leopold Giyom Fransua Mariya 14 hamda kenja farzandi 11 yoshda.

Ramzan Qodirov — Checheniston Respublikasi rahbari

Foto: “Domashniy ochag”

Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad Qodirovning o‘g‘li 2007-yil 5-apreldan buyon respublikaga rahbarlik qiladi. Ramzan va uning rafiqasi Mednining 12 nafar farzandi (ulardan ikkitasi asrab olingan) bor. O‘g‘li Ahmad 14, Zelimxon 13, Adam 12 va kenja o‘g‘li Abdulloh 3 yoshda. Katta qizi Ayshat 21, Karina 20, Xedi 17, Tabarik 15, shuningdek, Ayshura 7, Eyshat esa 5 yoshda. Qizi Ayshat 2016-yildan buyon Firdaws moda uyini boshqaradi va Checheniston davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida o‘qiydi. U 2017-yilda turmushga chiqqan.

Almazbek Atambayev — Qirg‘iziston sobiq prezidenti

Foto: “Domashniy ochag”

Qirg‘izistonni 2011—2017-yillarda boshqargan Atambayev 6 nafar farzandning otasi. Birinchi turmushidan Seyitbek ismli o‘g‘li va Diana hamda Dinara ismli egizak qizi bor. 1988-yilda Raisa Minaxmedovnaga uylangan, rafiqasi Aliya va Qodir ismli farzandlarni dunyoga keltirgan. Rassomlik kasbini tanlagan 23 yashar Aliya Instagram’da blog yuritadi va mamlakatda ayollar huquqini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kersti Kalyulayd — Estoniya prezidenti

Foto: “Domashniy ochag”

50 yoshli Kalyulayd Estoniyani 2016-yildan buyon boshqaradi. Uning 4 nafar:  birinchi turmushidan bir o‘g‘il va bir qiz, ikkinchi turmushidan esa ikki o‘g‘il farzandi bor.

Emomali Rahmon — Tojikiston prezidenti

Foto: “Domashniy ochag”

1994-yildan beri prezidentlik qilayotgan Emomali Rahmon Azizmo Asadullayeva bilan turmush qurgan. Juftlikning 9 nafar farzandi bor: eng kattasi 45, eng kichigi esa 21 yoshda. Ularning deyarli barchasi oila qurishga ulgurgan. O‘rta Osiyoning eng obro‘li ayollari o‘ntaligidan o‘rin olgan ikkinchi qizi Ozoda Rahmon 2016-yilda mamlakat parlamentining yuqori palatasi senatori bo‘lgan.

Pyotr Poroshenko — Ukraina sobiq prezidenti

Foto: “Domashniy ochag”

Ukrainada 2014-yildan-2019-yilgacha rahbarlik qilgan Poroshenko prezident bo‘lguniga qadar ko‘p tarmoqli xoldingni boshqargan. Pyotr va rafiqasi Marinaning 4 nafar farzandi bor. Katta o‘g‘li Aleksey o‘zi singari siyosatni tanlagan va 2014-yilda xalq deputati bo‘lgan. Egizak qizlari Yevgeniya va Aleksandra 2000-yil, kenja o‘g‘li Mixail esa 2001-yilda dunyoga kelgan.

Donald Tramp — AQShning sobiq prezidenti

Foto: “Domashniy ochag”

AQShning 45 prezidenti uch marta turmush qurgan. Birinchi rafiqasi Ivana Zelnichkova uch farzand: kichik Donald, Ivanka va Erikni, ikkinchi turmush o‘rtog‘i Marla Meyplz esa Tiffani ismli qizni dunyoga keltirgan. 2005-yilda turmush qurgan Melanyadan esa 14 yoshli Berron Uilyam ismli o‘g‘li bor. AQSh sobiq prezidenti 8 nafar nabiraning bobosi.

Yelizaveta II — Buyuk Britaniya qirolichasi

Foto: “Domashniy ochag”

93 yashar qirolicha 1952-yil 6-fevralda taxtga o‘tirgan. Yelizaveta II va shahzoda Filippning 71 yashar taxt vorisi shahzoda Charlzdan tashqari, yana ikki nafar o‘g‘li va bir nafar qizi: shahzoda Andryu, shahzoda Edvard, shuningdek, malika Anna bor. Anna “qirollik malikasi” maqomiga egalik qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
59
0
xs.uz

Eynshteynning mashhur surati rekord narxga sotildi

Bu surat 1951-yil 14-martda fotograf Artur Sass tomonidan olingan. Oʻsha kuni Eynshteyn oʻzining 72 yoshini nishonlagan, ziyofat tugagach, u doʻstlarining uyiga olib borib qoʻyish taklifidan foydalangan. Olim avtomobilga oʻtirishi bilanoq, reportyor undan suratga tushishni soʻragan. Kameralardan charchagan olim buning oʻrniga tilini koʻrsatgan ' shu tariqa ramziy kadr paydo boʻlgan.Keyinchalik Eynshteyn gazetada ushbu suratni koʻrib, imzo chekish va doʻstlariga sovgʻa qilish uchun un

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

23 Mar 16:44
 
76
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

16 Apr 09:12
 
27
0
xs.uz

Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi

AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif