AQShning markaziy qismi kuchli qor bo‘roni ostida qoldi (foto va video)

AQShning markaziy qismida kuchli qor bo‘roni sodir bo‘ldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Yog‘ingarchilik mahalliy vaqt bilan 14-mart, yakshanba kuni ertalab boshlandi. Ayni paytda markaziy shtatlarni qor, do‘l va yomg‘ir shaklidagi bo‘ron qoplab olgan. Janubiy Missuri, Kanzas va Nebraskada bo‘ron oqibatida toshqinlar kelib chiqqan.
Kolorado, Vayoming va Janubiy Dakotada ham kuchli qor va yomg‘ir yog‘di. Shu bilan birga, mamlakatning shimoli-sharqidagi ba’zi shtatlarda yog‘ingarchilik miqdori taxminan 70 santimetrni tashkil qildi. Koloradoda noqulay ob-havo tufayli ikki mingdan ortiq aviareys bekor qilindi.
Sinoptiklarning fikriga ko‘ra, yomon ob-havo sharq tomonga siljiydi. Seshanbadan chorshanbagacha Qo‘shma Shtatlarning janubida tornado va do‘l avj olishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 15-fevral kuni AQShning 24 ta shahrida havo harorati rekord darajada pasaygan. Texasda milliondan ortiq aholi sovuq havo va bo‘ron sababli chiroqsiz qolgan.
Avvalroq Jo Bayden Texasni tabiiy ofat hududi deb e’lon qilgani hamda shtatda sovuqdan vafot etgan bolaning oilasi sudga 100 mln dollarlik da’vo kiritgani haqida xabar berilgandi.
AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)
Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p
“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi
Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q
ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ
Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * * Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *
“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?
Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu