calendar 18 Feb 15:10
eye 55
comments 0
comments Manba: daryo

Salkam 10 kilolik baxt: dunyodagi eng katta vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqlar (foto)

image

Odatda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar vazni ko‘pi bilan 4 kilogrammgacha yetishi mumkin. Ammo ba’zida katta vaznga ega go‘daklar dunyoga keladiki, har qanday odam hayratlanishi aniq.

Anna Beytsning o‘g‘li (Go‘dak) —9,98 kilogramm

Foto: Cosmopolitan

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning vazni 10 kilo bo‘lishi uchun grammlar yetmay qolgan xolos. Bolaning onasi Anna Beyts 1846-yilda tug‘ilgan bo‘lib, bo‘yi 241 santimetr, 1879-yil yanvarda tug‘ilgan bolasi esa 71,12 santimetr edi. Chaqaloqqa ism qo‘yilmagan bo‘lsa-da, hamma uni Go‘dak (Baby) deb atashgan. Afsuski, bola 11 soatdan keyin vafot etgan.

Bolaning otasi Martin van Byoren Beyts shunday deb yozgan edi: “Uning bo‘yi 71 santimetr, vazni 9,98 kilogramm bo‘lib, har tomonlama sog‘lom edi. Tug‘ilganda u olti oylik bolaga o‘xshardi”.

Foto: Cosmopolitan

Martinning o‘zi ham turmush o‘rtog‘i singari yirik edi: bo‘yi — 236 santimetr bo‘lib, xotinidan bir oz pastroq bo‘lgan. Ularning ikkalasi ham sirk truppasida ishlagan, ikki yillik munosabatlardan so‘ng turmush qurishgan. Juftlikning 13 nafar farzandi bo‘lgan, ammo ularning ba’zilari tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay vafot etgan.

Akbar Hasanuddin — 8,7 kilogramm

Foto: Cosmopolitan

2009-yilda 40 daqiqalik kesarcha kesish amaliyotidan so‘ng, 41 yoshli Ani Hasanuddin polvondek o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Ayoldagi glyukoza miqdorining yuqoriligi va chaqaloqning aqlbovar qilmaydigan kattaligiga qaramay, ona-bolaning ham sog‘lig‘i yaxshi edi. Chaqaloqning otasi Muhammad “bolani boqa olishlariga umid qilishini, chunki bunday pahlavon boshqa bolalarga qaraganda ko‘proq sut ichishini” aytgan.

Nadejda Xalina — 7,75 kilogramm

Tatyana Xalina qizi Nadejdani dunyoga keltirishi bilan aytgan birinchi gapi: “Bo‘ldi, boshqa tug‘mayman!”, bo‘ldi. Uni tushunish mumkin. Chunki Tatyananing birinchi farzandi 4,1 kilogramm vazn bilan tug‘ilgan, ammo keyingi har bir bola yanada og‘irroq vaznli bo‘lib dunyoga kelgan. Nadejda Tatyananing o‘n birinchi qizi bo‘ldi.

Foto: Cosmopolitan

Xalinlar oilasi Oltoy o‘lkasining Aleysk shahrida yashaydi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu kamdan kam uchraydigan holatdir, hech kim bunday “syurpriz”ni kutmagandi, chunki na Tatyana, na uning eri bo‘yi yoki vazn jihatidan boshqalardan farq qilmaydi.

Admilton dos Santos — 7,7 kilogramm

Foto: Cosmopolitan

Admilton o‘rtacha tug‘ilgan chaqaloqning vaznidan ikki baravar katta bo‘lgan va Braziliyadagi eng og‘ir tug‘ilgan chaqaloq sifatida tanilgan. Admilton Francheska dos Santosning beshinchi farzandi bo‘lib, shifokorlar bolani kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-