calendar 14 Feb 06:30
eye 75
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

image
Siyosat
Havola olish
14 0 0

Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan O'tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi.

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O'tkir Jumayev Buxoro shahar hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Buxoro viloyat hokimining 2021 yil 12 fevraldagi tegishli qaroriga asosan Buxoro shahar hokimi lavozimiga O'tkir Hikmatovich Jumayevni tasdiqlash masalasi ovozga qo'yildi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqladi.

Утвержден хоким Бухарской области - Ботир Комилович Зарипов
Press-slujba prezidenta Uzbekistana

O'tkir Jumayev 1975 yilda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug'ilgan. Maʻlumoti oliy. 1997 yil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2011 yil O'zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.

Jumayev mehnat faoliyatini 1997 yilda «Buxorosuvqurilish» aktsionerlik jamiyatining 37-son ko'chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ishlab chiqarish bo'limi muhandisligidan boshlagan.

2009-2010 yillarda «Buxoroavtoyo'l» hududiy yo'llardan foydalanish davlat korxonasi direktori, 2011-2012 yillarda «Buxoroavtoyo'l» hududiy yo'llardan foydalanish davlat tashkiloti direktori, 2012-2015 yillarda «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ shaklidagi xorijiy korxona o'quv markazi boshlig'i, 2015-2019 yillarda «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ shaklidagi xorijiy korxona direktorining qurilish masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

U 2020 yil mart oyida Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

20 Mar 12:55
 
72
0
xs.uz

“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича