Ro'ziqul Berdiyev: "Klub rahbariyati olib borayotgan siyosatni tushunmayapman"

Bilasiz, "Nasaf" o'tgan mavsumda tarixda uchinchi marotaba chempionatning kumush medallariga ega chiqib, OChL yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Biroq klub tomonidan noto'g'ri olib borilgan ishlari natijasida OFK litsenziyalashidan o'tolmagan jamoa yo'llanmadan mosuvo bo'ldi.
Shuningdek, Superliganing eng yosh jamoasi bo'lgan "Nasaf" o'tgan mavsumni yarmidan ko'pini qarzdorliklar bo'lishiga qaramasdan muvaffaqiyatli o'tkazdi. Bunda albatta jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiyevning hissasi katta. Lekin o'tgan mavsum ajoyib shakllangan jamoadan hozirgacha Islom Kenjaboyev, Sharof Muhitdinov ketishga ulgurdi. Jamoa to'purari va yana bir yetakchisi Bobir Abdixoliqov esa shartnomasini haligacha uzaytirgani yo'q va uning ham ketish ehtimoli yuqori.
Shu vaziyatlarni hisobga olib jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiyevga murojaat qilganimizda "Nasaf" ustozi chinakamiga yorildi.
- "Nima ham derdim? Jamoa yetakchilari ketishda davom etmoqda. Ochig'i, klub rahbariyati tomonidan olib borilayotgan siyosatni tushunmayapman. Tushunarsiz bo'lmoqda. O'tgan yili ajoyib tarzda shakllangan jamoa yana parchalanmoqda. Hozirgacha qolgan futbolchilar bilan ham kelishuvlar uzaytirilmagan. Men uchun aynan shu jihat tushunarsiz bo'lmoqda. Kecha Sharof kelib, bu rahbariyat bilan ortiqcha ishlolmasligini aytib, jamoa bilan xayrlashib ketdi. Masalan, jamoadan erkin agent sifatida tekinga ketayotgan futbolchilar bilan muzokara o'tkazib, ular istayotgan talablar qondirilganida, balki hozir klub ularni transfer qilish orqali yaxshigina pul ishlab olarmidi?
Sharof Muhitdinov garchi shartnomasi tugagan bo'lsada muzokaralar o'tkazishni 2 oy kutib charchadi va oxiri ketdi. Klub rahbariyati tomonidan tashkiliy masalalarda ham tushunarsiz ishlar bo'lmoqda. O'tgan yilgi mehnatlarimiz havoga sovurilayotgandek. Shaxsan men uchun OChLga munosib bo'lib, xalqaro musobaqadan quruq qolish juda alamli bo'ldi. Bu kimning aybi? Jamoaning yil davomida qilgan mehnatlari chippakka chiqdi. Shundoq ham futbolchilar maoshsiz va mukofot pullarisiz shunday natijaga erishishdi. Yakunda ham ularni rag'batlantirish bo'lmadi.
O'tgan yili "Shabab Al Ahli"ga transfer qilingan Aziz G'aniyevning pullari klubning "qora kuni"ga ishlatilishi aytilgandi. Biz Aziz G'aniyevning transferidan tushgan pullar jamoaga as qotganini ko'rmadik. Vaʻdalar quruq vaʻdaligicha qolib ketdi.
Meni taqdirim? Klub men bilan ham shartnomani uzaytirmagan va men jamoaga bo'lgan sadoqatim tufayli hozircha imkon qadar "Nasaf"ni shug'ullantirib, mavsumga taraddud ko'rib turibman. Biroq bunday mavhumlik jonga tegdi. Qaytadan shakllantirilgan jamoa yana parchalanishini ko'rish og'riqli. O'tgan yilgi jamoaga 1-2 tajribali futbolchilarni qo'shganimizda bemalol chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylanardik. Hozir esa bori ham tarqalmoqda. Men ham sehrgar emasman.
"Nasaf" ko'p ming sonli muxlislarga ega qadriyatlari bor jamoa. "Nasaf" doim barqaror va yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoa bo'lib kelgan. Bunday holat jamoaga aslo yarashmaydi. Agarda vaziyat yaxshi tomonga o'nglanmasa va yanada qiyinchiliklar hamda tushunarsiz ishlar davom etadigan bo'lsa, balki men ham murabbiylik faoliyatimda tanaffus olishni o'ylab ko'raman. Boshqa chora qolmayapti.
Lekin umid qilamanki, vaziyat bungacha bormaydi. "Nasaf" jamoasiga bo'lgan sadoqatim va qarshilik muxlislar hurmati uchun klub rahbariyatining ko'plab tushunarsiz ishlarga sabr qilib kelyapman", - deya gapirib o'tdi Ro'ziqul Berdiyev.
Yaqinda klub menejyeri Sergey Kucherenko video-murojaat qilib, klub atrofidagi gap-so'zlarga chek qo'yish maqsadida, jamoaga yangi mavsum pul ajratilganini taʻkidlagandi. Biroq, ko'rinishidan, klub rahbariyati futbolchilar shartnomasi bo'yicha muzokaralarni boshlamagan va yetakchilar "Nasaf"ni tark etishda davom etmoqda.
Eʻtiborli tarafi, "Nasaf" hali ham jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiyev va murabbiylar shtabi bilan ham yangi mavsum uchun shartnoma uzaytirmagan.
O'tgan yilgi tarkibdan hozirgacha Islom Kenjaboyev, Mashhurbek Muhammadjonov va Sharof Muhitdinov jamoani tark etdi. Marko Stanoyevich esa garchi jamoa bilan shug'ullanib yurgan bo'lsada shartnoma uzaytirilmagan. Shuningdek, jamoa to'purari va yetakchisi Bobir Abdoxoliqov ham hozircha erkin agent sanaladi. Klub rahbariyati tomonidan esa yangi mavsum uchun selektsiya ishlari deyarli olib borilmayapti. Chempionat boshlanishiga bir oydan kam vaqt qolgan bir paytda jamoaga birorta yangi futbolchi olib kelingani yo'q. "Zamin" yangiliklarini "Telegram"da kuzatib boring
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz
VAZIR KUBOGIGA START BERILDI
Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi
G'OLIBLAR TAQDIRLANDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar