calendar 03 Feb 05:40
eye 48
comments 0
comments Manba: sof

Jyeff Bezos Amazon bosh direktori lavozimidan ketadi

image

AQShning Amazon kompaniyasi asoschisi, dunyoning eng badavlat odami Jyeff Bezos 2021 yilda kompaniya bosh direktori lavozimidan ketadi va direktorlar kengashi ijrochi raisi lavozimini egallaydi. 

"Kompaniya asoschisi va bosh direktor Jyeff Bezos 2021 yilning 3-choragida ijrochi rais lavozimiga o'tadi, uning o'rnini Endi Jyessi egallaydi", deb maʻlum qilgan kompaniya matbuot xizmati. 

"Men hyech qachon hozirdagidek kuchga to'lib-toshmaganman va ishdan ketishim haqida gap-so'z bo'lishi ham mumkin emas. Men ijrochi rais sifatida qolib, Amazon’ning muhim tashabbuslarida ishtirokimni davom ettiraman. Menda Day 1 Fund, Bezos Earth Fund, Blue Origin va boshqa qiziqarli loyihalarni rivojlantirish uchun ko'proq vaqt paydo bo'ladi", deb aytgan Bezos. 

Bezosning fikricha, kompaniyaning yaxshi moliyaviy ko'rsatkichlari va barqaror holati unga o'z lavozimini o'zgartirishiga imkon beradi. "Hozirda Amazon innovatsiyalarning eng yuqori bosqichida turganini ko'rmoqdaman va buning evaziga bunday o'zgartirishni amalga oshirish vaqti keldi", deb qo'shimcha qilgan milliarder.

Bezos o'rnini egallaydigan Endi Jyessi ayni vaqtda kompaniyaning Amazon Web Services xizmatiga rahbarlik qiladi.

Kompaniya taqdim qilgan hisobotga ko'ra, u 2020 yil 4-choragida 125,6 mlrd dollar tushum olgan. Kompaniyaning choraklik tushumi ilk bor 100 mlrd dollardan oshgan va 2019 yil 4-choragiga nisbatan 44 foiz ko'proqni tashkil qilgan. 

Amazon’ning 2020 yil bo'yicha jami tushumi 2019 yilga nisbatan 38 foizga o'sib, 386,1 mlrd dollarni tashkil qilgan. 4-chorakdagi daromad 7,2 mlrd dollarni, yil bo'yicha esa 21,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.    

Forbes nashri maʻlumotlariga ko'ra, Bezos ayni vaqtda 196,2 mlrd dollar bilan dunyoning eng boy odami sanaladi. Unga Amazon’ning 11,1 foiz aktsiyasi tegishli. Bundan tashqari, Bezos Blue Origin aerokoinot kompaniyasiga asos solgan va AQShning eng nufuzli nashrlaridan biri The Waшington Post egasi sanaladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
42
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu

18 Apr 11:08
 
25
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem

23 Mar 16:44
 
70
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

04 Apr 16:20
 
54
0
xs.uz

Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold