calendar 31 Jan 09:30
eye 52
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o'rinbosar tayinlandi

image
Siyosat
Havola olish
7 0 0

Tayinlovga qadar Olimxon Rustamov O'zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Olimxon Rustamov O'zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari etib tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni tegishli farmonga imzo chekdi.

Tayinlovga qadar Rustamov O'zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin Hisob palatasi, "O'zbekneftgaz" AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" DK hamda boshqa idora va tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan.

Olimxon Rustamov yangi lavozimida investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishning samarali monitoringini olib borish, rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda Respublika viloyatlari va erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga masʻul bo'ladi.

Shuningdek, uning vazifalariga ijtimoiy soha, turizm va qurilish materiallari tarmog'ining sohaviy rivojlanishini muvofiqlashtirish masalalari kiradi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
55
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi

AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif

18 Apr 11:08
 
34
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem

16 Apr 09:12
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi

Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi