calendar 29 Jan 20:10
eye 52
comments 0
comments Manba: daryo

“Tottenhem” sobiq murabbiyi: “Garet Beyl hatto butsalari ipini bog‘lashga ham qodir emasdek ko‘rinmoqda”

image

“Tottenhem” sobiq bosh murabbiyi Harri Rednapp “shporlar” safida ijara asosida harakat qilayotgan hujumchi Garet Beyl haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Sky Sports

Agar “Tottenhem”da bo‘lmasa, u yana qayerda o‘ynamoqchi? Balki, oson variantni tanlash yaxshidir — Amerika yoki Xitoy?

Beyl o‘z o‘yini bilan Mourinyoni ishontira olmayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Hurmatsizlik qilmoqchi emasman, ammo shunday tasavvur borki, u hatto butsalari ipini bog‘lashga ham qodir emasdek. Beyl jamoadoshlari bilan solishtirgan “Tottenhem”ga xuddi o‘zga sayyoradan kelib qolganga o‘xshaydi.

Uni olib kelish Mourinyoning fikrimi yoki yo‘q, bilmayman. Ko‘rinishidan, Beyl Jozega yoqadi deb bo‘lmaydi. Katta ehtimol bilan uni Daniel Levi (“Tottenhem” prezidenti — izoh “Daryo”) qaytargan.

Harri Rednapp, “Tottenhem” sobiq bosh murabbiyi

Beyl 2020-yilning yozida “Real”dan ijara asosida “Tottenhem” safiga kelib qo‘shildi. Uelslik futbolchi londonliklar safida joriy mavsum 14 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
51
0
xs.uz

“Noodatiy faktlar, fikrlar hamda remontadaga ishonch”: Real Madrid 61-yillik sovuq anʼanasiga nuqta qoʻya oladimi?

Kecha tunda Yevropa Chempionlar ligasining dastlabki yarim finalchilari nomi maʼlum boʻldi. Kataloniyaning 'Barselona' klubi safarda Dortmundning 'Borussiya' klubiga qarshi saf tortdi. Qiyin kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsada, ikki oʻyin natijasiga koʻra 3:5 hisobida Ispaniya klubi turnirning yarim final bosqichiga yoʻl oldi. Hansi Flik shogirdlari joriy yil boshidan buyon ilk magʻlubiyatini qabul qilib olishdi. Shu tariqa Kataloniya klubining 24 oʻyinl

04 Apr 16:20
 
57
0
xs.uz

“Barselona” ishtirok eta olmaydigan turnirning mukofot jamgʻarmasi 1 milliard AQSH dollar etib belgilandi

'FIFA Club World Cup 2025' musobaqasi uchun 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi rekord mukofot puli ajratiladigan boʻldi. Ushbu taqsimot modeli FIFA Kengashi va Yevropa klublar assotsiatsiyasi kabi asosiy hamkorlar bilan muhokama qilingan. FIFA prezidenti Janni Infantinoning taʼkidlashicha, musobaqa formati 7 ta uchrashuvdan iborat guruh va pley-off tizimi asosida oʻtkaziladi.Yangi tizim boʻyicha gʻolib jamoa 125 million dollargacha daromad olish imkoniga ega boʻladi. Shu bilan birga, 250

12 Apr 21:16
 
33
0
xs.uz

Ilya Sibirsev uchta medalga sazovor bo‘ldi

Musobaqaning 400, 800, 1500 metrlik masofalarga erkin usulda suzish bahslarida hamyurtimiz uch bor kumush medalga sazovor bo'ldi. Shuningdek, suzuvchimiz 200 metrga erkin usulda suzish musobaqasida ham ishtirok etib, marraga oltinchi bo'lib yetib keldi.Ma'lumot uchun, 'Parij ' 2024' Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Ilya Sibirsev Illinoysda (AQSH) mart oyida o'tgan 'TYR Pro Swim Series' musobaqasining 200 metr masofaga erkin usulda suzish bellashuvida shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olgand

12 Apr 21:16
 
23
0
xs.uz

Konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Bellashuvlar yakuniga ko'ra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Ne'matov turli yo'nalishlarda chempionlikni qo'lga kiritishdi.Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko'tarilayotganini ta'kidladi.