Shavkat Mirziyoyev: «Bobolarimizga munosib bino qurdik, endi munosib ilmiy muhit yaratishimiz kerak»

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari o'tgan yillarda bu yerga bir necha bor kelib, uni chiroyli va sifatli qilib qurish, dunyo olimlari fikrini o'rganib, mazmunini boyitish bo'yicha ko'rsatmalar bergan edi. Bu galgi tashrif chog'ida shu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʻlumot berildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Markaz binosi loyihasi, ichki va tashqi dizayni, muzey ekspozitsiyalari mazmuni bo'yicha dunyoning yetuk olimlari, islomshunos va sanʻatshunoslari bilan fikrlashilgan. Shu asosida ilmiy-tarixiy kontseptsiya ishlab chiqilgan.
Tashrif chog'ida ushbu kontseptsiyaning taqdimoti o'tkazildi.
- Bugun bu yerga kelishimdan maqsad - muqaddas dinimizning ezgulik, insonparvarlik dini ekanini, maʻnaviyatga, ilmga undashini, ota-bobolarimiz bunga beqiyos hissa qo'shganini tasdiqlovchi ilmiy natijalarni ko'rish va yangi tadqiqotlarga zamin yaratish. Hozir mahobatli bino qurish oson bo'lib qoldi. Mana, bobolarimizga munosib bino qurdik. Endi bobolarimizga munosib ilmiy muhit yaratishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu yosh avlodda g'urur, g'ayrat uyg'otib, yangi taraqqiyot davriga undashi qayd etildi.
- Ko'pchilik o'ylaydi: nima uchun Prezident ikkita Renessansni esladi, deb. Bu - g'oya, kelajakdagi maqsadimiz. Mamlakatimiz intilayotgan marralar uchun tariximizdan ruhiy kuch olishimiz kerak-ku! Bu markaz Uchinchi Renessans poydevoridan biri bo'lishiga umid qilamiz. Chunki u ilmiy, dunyoviy, zamonaviy markaz bo'ladi, - dedi davlatimiz rahbari.
Markaz ekspozitsiyalari bo'yicha xalqimiz fikrini ham o'rganish, shu maqsadda tanlov eʻlon qilib, eng yaxshi g'oya va takliflarni aks ettirish zarurligi taʻkidlandi.
- Yurtimiz zaminidan juda ko'p olimlar, muhaddislar, avliyolar yetishib chiqqan, ularning merosi undan ham ko'p. Lekin tan olish kerak, bu katta manbani chuqur o'rganmadik. Shuning uchun bu markaz qanday buyuk elligimizni yana bir bor ilmiy asoslab, xalqchil tushuntirib beradigan bo'lishi kerak. Bu yerda milliy g'oya jo'sh urib turishi zarur. Markazga kelgan odamlarda, yoshlarimizda ruhiy kuch, ruhiy ishonch paydo bo'lishi kerak, - deya taʻkidladi Prezident.
UNESCO, ISESCO kabi xalqaro tashkilotlar, ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

- O'zi bugun dunyoda matematika, fizika, geometriya, astronomiya, tibbiyot kabi fundamental sohalarda qo'llanilayotgan qoidalar, formulalar alloma bobolarimiz kashfiyotlariga asoslangan. O'rta asrlardagi birinchi manbalarda bobolarimizning nomiga havolalar berilgan. Lekin keyingilarida yo'qolib ketgan, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois birinchi manbalarni o'rganish maqsadida O'zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutiga qo'shimcha mablag', tadqiqotchilarga grantlar ajratish bo'yicha ko'rsatma berildi.
Markaz uchun malakali gid-tarjimonlar tayyorlash, ularning mamlakatimizda islom dini yoyilishi va ilm-fan rivoji bo'yicha ixtisoslashtirish vazifasi qo'yildi.
Bu yerdagi ilmiy merosni yoshlarga zamonaviy tarzda yetkazish uchun markaz qoshida multimedia bo'limi, qadimiy xattotlik anʻanalarini ko'rsatish uchun ustaxona-laboratoriya tashkil etish bo'yicha ko'rsatma berildi. "Zamin" yangiliklarini "Facebook"da kuzatib boring
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y
Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Ro