calendar 29 Jan 18:21
eye 42
comments 0
comments Manba: xs

Maqsad bitta: yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash

image

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda — yangi Oʻzbekistonda yoshlarga munosabat butunlay oʻzgardi. Yoshlarga doir davlat siyosati asosida yosh avlodning hayotiy manfaatlarini taʼminlash, ularning ezgu orzu-intilishlari, qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda.

Oʻgʻil-qizlarimizning ilgʻor bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar natijasida koʻplab yoshlarimiz parlamentda, hukumat aʼzolari safida, davlat boshqaruvi organlarining masʼul lavozimlarida, zamonaviy korxonalarda samarali faoliyat olib borayotir. Ammo hozirgi sharoitda bu boradagi ishlar koʻlamini yana-da kengaytirish, yoshlar bandligini taʼminlashga gʻov boʻlayotgan muammolar, nuqson va kamchiliklarni tezkorlik bilan hal qilish zaruratini yuzaga keltiryapti.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham yosh avlod manfaatlariga qaratilgan muhim gʻoya va tashabbuslarni ilgari surib, bola tugʻilganidan boshlab, 30 yoshgacha boʻlgan davrda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʻrin topishi uchun koʻmak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratilishini bildirgan edi.

Mamlakatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni koʻra olish fazilatlarini, yoshlarimizdagi gʻayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, koʻzlagan marralarga albatta yetamiz. Yangi Oʻzbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz”.

Bu borada boshlagan ishlarni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida yurtboshimiz tomonidan 2021-yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berilishi zamirida ham ulkan maqsadlar mujassam.

Mamlakatimizda joriy yil yakuni bilan maktabgacha taʼlim qamrovini 65 foizga, 2023-yil oxirida esa 75 foizga yetkazish rejalashtirilayotgani, bu ishlarga byudjetdan 600 milliard soʻm subsidiya berish hisobidan qoʻshimcha ravishda 2 mingta nodavlat bogʻcha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkazilishi – Yangi Oʻzbekistonda ertangi kun egalariga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgarayotganini, bu yoʻlda mablagʻlar, imkoniyatlar iqtisod qilinmayotganini koʻrsatmoqda.

Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashini koʻz oldimizga keltirsak, juda katta eʼtibor, gʻamxoʻrlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga koʻrsatiladigan eʼtibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi. Zero, hozir Oʻzbekiston mehnat resurslarining yarmidan koʻpi yoshlardir. Kelgusida har uchinchi rahbar ham yoshlardan boʻladi. Bunga hech qanday shubha yoʻq.

Davlatimiz rahbari deyarli har bir maʼruzalarida bu masalaga toʻxtalib, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish lozimligini bejiz taʼkidlamayapti. Chunki bugun yurtimizda aholining qariyb 55 foizini yoshlar tashkil etadi. Ayni damda 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz ekani bu borada yaqin va kelajakda emas, hozirdanoq zarur choralarni koʻrishni taqozo etadi. Shu bois, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, ularni biznes bilan shugʻullanishga faol jalb qilish uchun yangicha tizim joriy qilinayotir.

Yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasiga bagʻishlab joriy yil 27-yanvar kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimiz rahbari bu masalaga yana bir bor toʻxtalib, Murojaatnomada aytilgan takliflarni amalga oshirish, yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga zarur koʻrsatmalar berdi.

Prezidentimiz bu borada muhim ikkita yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi. Birinchisi – yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlash boʻlsa, ikkinchisi – yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishdir.

Yigʻilishda joriy yilda 500 ming nafar yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish zarurligi, tuman va shaharlarda anʼanaviy yoki masofaviy oʻquv kurslarini koʻpaytirish, ishsiz yoshlarni ushbu tizim orqali kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitib, bandligini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildiki, bu partiyamizning barcha faollari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzolari zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.

Joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar chogʻida aksariyat yoshlarimizda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka yetishmasligiga koʻp marotaba guvoh boʻlganmiz. Shu boisdan muloqotlar doirasida biznesni boshlash harakatida yurgan yoshlarga kerakli maslahatlar, tavsiyalar beryapmiz, chekka-chekka hududlarda ham tadbirkorlik keng rivojlanishiga, yangi-yangi ish oʻrinlari yaratilishiga astoydil harakat qilyapmiz.

Biz “Har bir oila – tadbirkor” degan olijanob gʻoyani izchillik bilan hayotga tatbiq etish, jamiyatda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, maktabdan boshlab oliy taʼlim muassasalarida ham tadbirkorlik darslarini oʻtish, toʻgaraklar tashkil etishni ustuvor vazifa deb bilamiz. Sababi bugungi kunda iqtisodiy taraqqiyotni tadbirkorlarning faoliyatisiz tasavvur etish qiyin.

Videoselektor yigʻilishida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida oʻgʻil-qizlarni tadbirkorlarga biriktirib, ularda biznes koʻnikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratib, oʻz faoliyatini boshlashga koʻmaklashish zarurligi aytildiki, bu borada yoshlarning oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishi, startap loyihalarini amalga oshirishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻramiz va ayni shu masala bizning doimiy diqqat markazimizda boʻlib qoladi.

Masalan, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida dehqonchilik bilan shugʻullanish niyatida yurgan yoshlarimiz juda koʻp. Boz ustiga, hududda yer koʻp, ayniqsa, lalmi yerlar juda unumdor. Agar bu imkoniyatlardan yoshlar yana-da unumli foydalanishsa, nafaqat ichki bozorni balki tashqi bozorni poliz, sabzavot hamda meva-cheva bilan taʼminlasa boʻladi. Biz ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, yer osti quduqlari qurishga, qayta ishlash texnologiyalari xarid qilish va boshqa maqsadlar uchun imtiyozli kreditlar olishida qoʻllab-quvvatlaymiz. Har 10 gektar ekin yeridan 1 gektarini yoshlarga dehqonchilik uchun ajratib, ularni ekin-tekin qilishi va daromad topishi uchun barcha choralarni koʻramiz.

Shuningdek, quduqlar qazib, zaxira yerlarni yoshlarga foydalanish uchun berish, tomorqada limonchilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik qilishlari uchun kreditlar ajratishda biz ularga eng yaqin koʻmakchi boʻlamiz. Ayniqsa, uyushmagan yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish masalasi ham eʼtiborimizda boʻladi.

Yigʻilishda iqtidorli yoshlarni kashf qilish, ularning tashabbus va intilishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” loyihasini ilgari surilgani ayni muddao boʻldi. Bundan buyogʻiga loyiha doirasida shahar va qishloqlardagi tashabbuskor yoshlarning iqtisodiyot, taʼlim, sport, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari kabi sohalardagi gʻoyalarini roʻyobga chiqarish uchun sharoit yaratiladi.

Xulosa oʻrnida aytganda, yoshlar bandligini ularga kredit berish bilan qisqartirib boʻlmaydi. Buning uchun ularni kasbga oʻqitish, tomorqa yerlariga boʻlgan munosabatni oʻzgartirish kerak. Xitoy faylasuflaridan biri aytganidek, “Och qolgan insonga baliq bersang, uning bir kunlik qornini toʻydirasan. Agar unga qarmoq berib, baliq ovlashga oʻrgatsang, uni bir umr ochlikdan qutqarasan”. Shu jihatdan, yoshlarda motivatsiya uygʻotib, oʻz oldiga qoʻygan katta marralarga erishishi uchun barcha rahbarlar, deputatlar ham bir tanu bir jon boʻlib, ularga har tomonlama koʻmak berishimiz lozim.

Aktam HAITOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikeri oʻrinbosari,
OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jun 16:19
 
35
0
qalampir.uz

Jizzaxda fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi

Jizzax shahrida fuqaroni AQSHga yuborishini aytib, Janubiy Afrikaga jo‘natgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, shaharning Xayrobod mahallasida yashovchi fuqaro I.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqaroning o‘g‘li M.T.ni A.Ya. ismli shaxs Amerikaga ishlashga yuborishini aytib, 14 300 dollar olgan, lekin farzandini Janubiy Afrikaga jo‘natgan. Shuningdek

18 Jul 14:14
 
56
0
xs.uz

Oʻzbekistonda mansabdorlar koʻproq qay turdagi jinoyatlarni sodir etayotgani ochiqlandi

Maʼlum qilinishicha, yanvar iyun oylarida jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 23 nafari respublika miqyosidagi xodimlar, 223 nafari viloyat miqyosidagi xodimlar, 2143 nafari tuman (shahar) miqyosidagi xodimlar boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, javobgarlikka tortilgan mansabdorlar eng koʻpi (1467 nafari) oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish jinoyatini sodir etgan. Undan keyingi oʻrinlarda pora olish/berish yoki vositachilik qilish jinoyati

23 Jun 16:37
 
35
0
qalampir.uz

Maktabni to‘liq tamomlamagan besh mingdan ortiq fuqaroning ta’lim olishi ta’minlandi

O‘zbekistonda turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 5300 nafar fuqaroning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minlandi.  Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.  Qayd etilishicha, maktabni to‘liq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish tizimi yaratilgan. Jumladan, 2024 yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini t

26 Jul 10:20
 
6
0
xs.uz

26-iyul kuni harorat 45 darajani tashkil etadi

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +40...+42 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja b