Ukraina Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi

Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi Ukrainada ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Bu haqda Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Uning aytishicha “qaysidir siyosiy kuch Rossiya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida qandaydir vasvasa keltirib chiqargan”, ammo Kiyev “Sputnik V”ni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi.
Vazir, shuningdek, siyosatchilarning COVID-19’ga qarshi emlash kampaniyasining barbod bo‘lgani haqidagi gaplariga quloq solmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada emlash kampaniyasining birinchi bosqichida qariyb 367,5 ming kishi vaksina oladi.
“Birinchi bosqichda biz koronavirusga chalinish va kasallikning rivojlanib ketishi xavfi yuqori bo‘lgan odamlarni, shuningdek, COVID-19’ga qarshi kurashda muhim funksiyalarni bajarayotganlarni emlaymiz. Birinchi bosqich 367 491 kishining vaksina olishini ko‘zda tutadi”, — dedi u.
Stepanovning ta’kidlashicha, Ukrainada emlash uchun “klinik sinovlarning barcha bosqichlaridan o‘tgan va uchinchi bosqich bo‘yicha oraliq ma’lumotlar taqdim etilgan vaksinalar hamda dunyoda ro‘yxatga olingan vaksinalar” qo‘llaniladi.
“Muxolifat platformasi — Hayot uchun” partiyasi siyosiy kengashi raisi Viktor Medvedchuk avvalroq “Biolek” farmatsevtika kompaniyasi 30-dekabr kuni Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligiga va SSV Davlat ekspert markaziga murojaat qilib, “Sputnik V” vaksinasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni so‘raganini ma’lum qilgandi.
5-yanvar kuni “Biolek” Ukraina SSVga “Sputnik V”ni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani 2020-yil 31-dekabrda berganini tasdiqladi.
2020-yil dekabri boshida Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi “Biolek” AJ Ukrainada Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Ammo “Biolek” kompaniyasi o‘shanda buni rad etgandi.
Avvalroq Rossiya vaksinasi Jazoir, Argentina, Belarus, Boliviya, BAA, Vengriya, Serbiya, Falastin, Venesuela, Paragvay, Pokiston, Turkmaniston va Eronda tasdiqlangan edi. Vaksina ishlab chiqarishni moliyalashtiradigan Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, 30 dan ortiq davlat Rossiya vaksinalariga qiziqish bildirgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda ommaviy vaksinatsiya fevral oyida boshlanishini aytib o‘tgan edi.
“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod
Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?
Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori
Tramp Eronga zarba berishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini kuchaytirishga kirishdi. 'Fox News' telekanali xabariga koʻra, Amerika qoʻshinlari mintaqaga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda hamda u yerdagi aviatsiya kuchlari dislokatsiyasini uzaytirmoqda.CNN manbalari maʼlum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi ehtimoliy havo hujumi ssenariylarini koʻrib chiqmoqda. Shu doirada AQSH harbiylariga Isroilga yonilgʻi quyishda yordam berish haqida buyruq berish ehtimoli mavjud. Manbala
“...Huquqiy, siyosiy, harbiy yoki maʼnaviy nuqtayi nazardan oqlab boʻlmaydi”, “Ochiq-oydin tajovuz…”, “Nomaqbul voqea” — xalqaro hamjamiyat Isroilning hujumiga qanday munosabatda
Bugun, 13-iyun tonggida Isroil Eronga zarbalar berib, yadroviy inshootlar, raketa zavodlari va harbiy qoʻmondonlarni nishonga oldi. Eron ommaviy axborot vositalari va guvohlar portlashlar haqida xabar berishdi.Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu buni 'Isroil tarixida hal qiluvchi lahza' deb taʼriflar ekan, operatsiya 'qancha kerak boʻlsa, shuncha' davom etishi kutilayotgani, unda Eron yadroviy olimlarini ham nishonga olinganini aytdi.Oʻz navbatida, uzoq vaqtdan beri yadroviy faoliyati tinc