calendar 29 Jan 16:20
eye 63
comments 0
comments Manba: zamin

Masharipovga yaxshirok taklif bor edi yoxud unga qaysi jamoalar qiziqdi?

image
Bugun saytimiz orqali "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini BAAda davom ettirishini maʻlum qildik.
Uni kutilganidek Saudiya Arabistonining "An Nassr" klubi toshkentliklardan transfer qildi. Biroq saudiyaliklar legionerlar limiti tufayli hamyurtimizni BAA "Shabab Al Ahli" klubiga ijaraga berdi. Masharipov yana bir yurtdoshimiz Aziz G'aniyev to'p tepadigan jamoada ijarada o'ynaydi.

Shuningdek, Saudiya Arabistonining "Goal" nashri Jaloliddinga mamlakatning yana bir jamoasi "Al Ahli" ham qiziqish bildirganini maʻlum qildi. Biroq "An Nassr" O'zbekiston milliy terma jamoasi aʻzosi bilan bitim tuzgach, uni o'zi ishtirok etayotgan ligadagi raqobatchilaridan biriga berishdan ko'ra boshqa chempionat vakiligi yuborishni afzal bilgan ko'rinadi.

Har holda Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynagani yaxshi edi. To'g'ri, arab jamoalarining moliyaviy holati bir-biriga yaqin. Biroq daraja jihatidan olib qaralganda, BAAdan ko'ra Saudiya birinchiligi kuchliroq sanaladi. OChLda ham saudiyaliklar uzoqroqqa boradi yoki chempion bo'ladi. BAA futbolida ham oxirgi paytlarda katta o'sish kuzatilmoqda. Ichki chempionat va terma jamoa kuchaygan. Biroq tanlovga kelganda Saudiya Arabistoni turgan tomonning toshi og'irroq keladi.

Har holda hamyurtimiz BAAda uzoq qolib ketmaydi. Chunki uni "Shabab Al Ahli" 5 oyga ijaraga olgan. Shundan so'ng u "An Nassr"ga qaytadi.

Agarda ushbu transferlar hal etilmaganda, Masharipov Qatarga yo'l olishi mumkinligini bir necha kun avval maʻlum qilgandik. Albatta, bu variant oxirgi qadam sifatida ko'rilgani, barcha jiddiy takliflar o'xshamasa, amalga oshishi mumkinligini yozgandik.

Shuningdek, tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, hamyurtimiz Turkiya klubida faoliyatini davom ettirishi borasida gap-so'zlar urchigandi. Ammo qaysi jamoadan taklif yoki qiziqish borligi aytilmagandi. Ancha avvalroq esa Masharipovga Turkiyaning "Trabzonspor" klubi befarq emasligi va uni o'z safiga qo'shib olish uchun taklif tayyorlaganini ko'pchilik yaxshi biladi. Biroq...

O'tgan yili yozda UEFA "Trabzonspor" bir yil muddatga qitʻa miqyosidagi eng nufuzli turnirlar – Chempionlar ligasi va Evropa ligasidan chetlatilganini eʻlon qildi. Maʻlumotlarga qaraganda, UEFAning klublarni moliyaviy nazorati bo'yicha palatasi turk klubi tomonidan moliyaviy feyr-pley buzilganini fosh etgan.

2016 yilning may oyida UEFA va "Trabzonspor" o'zaro do'stona kelishuvga erishib, unga ko'ra, turkiyaliklar qator majburiyatlarni bajarishi lozim edi. Aks holda, jamoani qitʻa miqyosidagi musobaqalardan chetlatish chorasi qo'llanilardi. Amalda shunday bo'lib chiqdi. "Trabzonspor" UEFA talablaridan birini bajara olmadi. Jamoa 2020/2021 yoki 2021/2022 yilgi mavsumlardan qay birida Chempionlar ligasi yoki Evropa ligasiga yo'llanma olsa, musobaqani o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

O'z-o'zidan shunda turkiyaliklarning Masharipovga qiziqishi so'ndi. Yakunda uzoq cho'zilgan muzokaralardan so'ng hamyurtimiz Saudiyaning "An Nassr" klubiga o'tdi.

Bular Masharipov atrofida sodir bo'lgan voqealardir.

Bekzod Isayev

Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:55
 
62
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

04 Apr 16:20
 
30
0
xs.uz

«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?

Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi

12 Apr 21:16
 
40
0
xs.uz

Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytirdi

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning 'Roma' klubi bilan shartnomasini 2027-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi. Bu haqida 'Yahoo Sports' nashri maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, Eldor Shomurodov klub bilan shartnomani uzaytirish uchun amaldagi maoshining qisqarishiga rozilik bildirgan. 'Roma' klubining ayni vaqtdagi boshqaruv strategiyasiga koʻra, jamoa shartnomani uzaytirmoqchi boʻlgan ayrim futbolchilarning maoshlarini qisqartirishni nazarda tutadi.Taʼkidlash joi

18 Apr 11:08
 
377
0
xs.uz

Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi

Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.