calendar 29 Jan 16:10
eye 32
comments 0
comments Manba: daryo

Nigeriyalik 7 nafar o‘smir futbolchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi aytilib, aldov yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kelingani ma’lum qilindi

image

Nigeriyalik yetti nafar yosh yigit professional futbol bilan shug‘ullanish taklifi bilan O‘zbekistonga aldov yo‘li bilan olib kelingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Guardian’ga tayanib “Gazeta.uz” xabar qildi.

Foto: Getty Images

Ta’kidlanishicha, eng kamida yetti nafar 16—19 yoshli nigeriyalik o‘smirlar 2020-yilning dekabrida Nigeriyadan O‘zbekistonga olib kelingan. Ularni asli nigeriyalik bo‘lgan va o‘zini futbol agenti deb tanishtirgan shaxs olib kelgan.

“Men agentga 6 ming dollar berdim, shundan 3,9 ming dollari viza to‘g‘rilash, chipta olish va boshqa xarajatlarga ketdi.

Agent ota-onamga meni ikkinchi divizionda to‘p surishim va yaxshi pul ishlashimga va’da berib, ularni ko‘ndirdi. Shuningdek, u meni oliy divizion klubiga olib chiqishini aytdi. Biroq dekabrda O‘zbekistonga yetib kelgach, u endigina 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardan iborat klub ochganiga guvoh bo‘ldim”, — deydi voqea ishtirokchisi bo‘lgan 16 yoshli Onyeka Benson.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yoshlarni olib kelishdan oldin ularning ko‘nikmalari baholanmagan, hattoki ularning o‘yin videosi ham ko‘rilmagan. Yigitlardan biri O‘zbekistonga kelib vaziyatni tushungach, o‘z yurtiga qaytishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘zini agent deb tanishtirgan odam bilan tortishib qolgan. Qolganlar esa vizasini uch oyga uzaytirgan. Fevral oyida ularning viza muddati tugaydi.

Foto: Instagram/@fcmashaluzbekistan

Ingliz nashri bu borada “Mash’al” klubi va Nigeriya terma jamoasi futbolchisi Ifeani Ifeanining fikrlari bilan qiziqdi.

“Men ularning ba’zilari bilan Toshkentda ko‘rishdim. Yigitlar bu yerga futbol o‘ynashga kelgani haqida aytdi va men ulardan qaysi klub safiga o‘tgani haqida so‘radim, ular javob bera olmadi. Ular bu yerda qanday kun kechirayotgani haqida o‘ylayapman.

Hammasining tarixi bir xil. Barchasi ulardan pul olib, bu yerga olib kelgan va keyin tashlab ketgan odamga borib taqaladi. Umid qilamanki, bir kun kelib bu odam (o‘zini agent deb tanishtirgan shaxs — izoh “Daryo”) bilan ko‘rishaman va undan bu bolalarni nima uchun olib kelayotganini so‘rayman”, — Ifeani.

Ifeani Ifeanining aytishicha, ular (Nigeriyadan yoshlarni olib kelayotganlar) ikki kishi va ular yoshlarni hech qanday rejalarsiz olib kelmoqda. “Yigitlarning ba’zilarini kuzatib, ular professional futbol bilan shug‘ullanishga tayyor emasligini aytish mumkin”, — deydi “Mash’al” futbolchisi.

The Guardian xabarida aytilishicha, dunyo bo‘ylab har yili turli hududlardan Yevropaga 15 mingdan ortiq bolalar futbolchilik faoliyatini boshlash maqsadida aldov yo‘li bilan olib boriladi. Asosan ular futbol klublaridan hech qanday takliflarga ega bo‘lmaydi, shunday bo‘lsa-da omadi kelishiga umid qilib bir nechta mamlakatlarga boradi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragach esa ular o‘z yurtlariga qaytib borishni xohlamaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi

Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva  kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan. XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi: 1. Jon Jons (27-1-0-1); 2. Jorj Sent-Per (26-2); 3. Anderson Silva (34-11-

28 Jul 22:06
 
131
0
qalampir.uz

Parij-2024. Omadsiz boshlangan Olimpiada

Germaniya yashil maydonlari mezbonlik qilgan Yevro tugadi, AQSHda o‘tkazilgan Kopa Amerika ham o‘z poyoniga yetdi. Endi butun dunyo sport ixlosmandlarining e’tibori 2 hafta davomida Fransiya poytaxti Parijga qaratiladi. Go‘zal Parij to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasi Olimpiada o‘yinlarini o‘zida qabul qiladi. Olimpiada hali boshlanmasdanoq Parijda sportchilar bilan bog‘liq, tashkilotchilik bilan bog‘liq qator muammolar yuzaga chiqmoqda. Hali qarama qaysidir sportchi ta

29 Jul 08:56
 
109
0
qalampir.uz

Parij–2024: Diyora Keldiyorova finalga chiqdi

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova Olimpiadaning 1/2 finalida fransiyalik Amandin Busharga qarshi tatamiga chiqdi. O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi. Dzyudochi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasining finaliga yo‘l oldi. Yarim finalda mezbonlarning birinchi raqamli sportchisi, Olimpiya o‘yinlarining oltin va kumush me

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik – Eldor Shomurodov

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Olimpiada guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Raqibdan kelib chiqib aytishim mumkinki, birinchi o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik. Birinchi vazifamiz avvalo guruhdan chiqish hisoblanadi. Ispaniyani mag‘lub eta olmagan bo‘lsak ham, qolgan raqiblar bilan bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozircha hech narsa