Turk aktyori O‘zjan Deniz sobiq rafiqasini o‘ldirishga uringanlikda ayblanmoqda. Mojaro uning karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

“Turkiyaning Jorj Klunisi” O‘zjan Denizning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq voqealar uning karyerasiga ham soya solmoqda.
Avvalroq aktyorning sobiq rafiqasi Feyza Aktanga qarshi “urush ochgani” haqida xabar berilgandi. Feyza Aktan prokuraturaga sobiq turmush o‘rtog‘i ustidan shikoyat qilgan. Istanbulning bosh prokuraturasiga taqdim qilingan arizada aytilishicha, aktyor uning homiladorligi vaqtida barcha meros huquqi va alimentdan voz kechish bandini o‘z ichiga olgan nikoh shartnomasini imzolashga majburlagan.
2018-yilning 25-yanvarida O‘zjanning sobiq sevgilisi Buse Narji bilan qayta topishib olgani ma’lum bo‘lgan. Erining xiyonatidan keyin Aktan uni tark etishni istagan. Bunga javoban uni kaltaklagan va akasining pistoletini olib uni ham o‘zini ham o‘ldirishini aytib tahdid qilgan. Feyza kaltaklangani haqida tibbiyot ma’lumotnomasini qo‘lga kiritgan va eri bilan ajrashgan. Shundan keyin O‘zjanning akasi Erjan Deniz uyiga bostirib kirgani, tibbiy ma’lumotnomani bermasa, uni o‘ldirishini aytgan. Tahdidlarga chiday olmagan ayol ma’lumotnomani berib, telefonidagi kaltaklangani aks etgan suratlarni o‘chirib tashlaganini ma’lum qilgan.
Ayolning qo‘shimcha qilishicha, ajrashganidan keyin eri unga o‘lim bilan tahdid qilib o‘g‘liga vasiylikni otasiga berish mazmunidagi shartnoma imzolashga majburlagan. Bu kabi ayblovlarga jim qarab tura olmagan aktyor bularning bari atayin yangi “Seni uzoq kutdim” serialining premyerasi arafasida uyushtirilgani va bu uning ijodiy faoliyatiga qarshi aksiya ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, aktyor bir necha yil avval bo‘lib o‘tgan, ammo nima uchundir hozirga kelib ovoza qilinayotgan ayblovlar va tuhmatlarni tan olmasligini qo‘shimcha qilgan.
U o‘g‘lini ushbu janjaldan qutqarishni istashi, unga moddiy va ma’naviy meros qoldirishni istashi hamda hech qachon omma oldida farzandining onasi haqida salbiy fikr bildirmasligini aytgan. Shunga qaramay, aktyorning Instagram stories’sida bo‘lishgan iqtibosi uning rafiqasiga qaratilganini bilish mumkin. Unda odamlarning muammosi va boshqalar bilan janjallashishining sababi baxtsiz bolaligi va boshqalarga kerakligini his qilmagani bilan bog‘liqligi yozilgan.
Ushbu voqealardan keyin ko‘plab muxlislarning aktyordan hafsalasi pir bo‘lgan. Bu ham yetmagandek ijtimoiy tarmoqlarda u suratga tushgan yangi serialni ko‘rmaslikka da’vat etuvchi fleshmoblar boshlab yuborilgan.
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
YEGANDEK BO‘LDIM
«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg