calendar 29 Jan 14:10
eye 37
comments 0
comments Manba: daryo

Pandemiya davrida mamlakatlarga berilgan moliyaviy yordam hajmi 14 trln dollarga yetdi

image

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) hisobotiga ko‘ra, 2020-yil oxiriga kelib koronavirus pandemiyasida milliy iqtisodiyotni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun hukumatlarga ko‘rsatilgan yordam hajmi jami 14 trillion dollarga yetgan. Ushbu mablag‘larning 7,8 trillion dollari qo‘shimcha xarajatlar va daromadlardan voz kechishga, 6 trillion dollari esa kafolatlar, kreditlar va kapital qo‘yilmalariga yo‘naltirilgan.

Foto: Xalqaro valyuta jamg‘armasi

“Ushbu qo‘llab-quvvatlov turli mamlakatlarda pandemiya oqibatida yuzaga kelgan o‘zgarishlarga va hukumatlarning zayomlar olish qobiliyatiga bog‘liq ravishda shakllangan”, — deyiladi tadqiqotda.

XVJ tahlilchilarining ta’kidlashicha, rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari bir necha yilga tasdiqlangan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu choralar qisqa muddatli bo‘lgan. Umuman olganda, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy tanazzul bilan birga, hukumat qarzlari va defitsitlarining ko‘payishiga olib keldi.

Dunyo davlatlarida o‘rtacha qarz 2020-yilning oxirida global YaIMning 98 foiziga yaqinlashdi. Pandemiya boshlanishidan avval bu ko‘rsatkich 84 foiz bo‘lishi taxmin qilingandi.

Avvalroq dunyodagi eng boy odamlar 3 yil ichida pandemiya oqibatlarini bartaraf etishlari mumkinligi, WSJ so‘mdagi O‘zbekiston obligatsiyalariga nima sababdan talab yuqoriligini tushuntirib bergani hamda Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga 500 million dollar ajratgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
21
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi

24 Aug 17:27
 
38
0
xs.uz

Putin 13 yildan soʻng Chechenistonga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmaganda Chechenistonga tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, soʻnggi marotaba bunday tashrif 2011-yilda sodir boʻlgan. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, tashrif chogʻida Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi aksariyat musulmonlar yashaydigan respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashuv oʻtkazgan. Bu uchrashuvning ahamiyati shundaki, Moskva Kursk viloyatidagi harbiy bosimni kamaytirish uchun aynan jipslikni taʼm

24 Aug 17:27
 
32
0
xs.uz

AQShda yuz bergan YTHda oʻzbekistonlik 16 yoshli yigit halok boʻldi

AQSHda asli oʻzbekistonlik boʻlgan 16 yoshli yigit avtohalokat qurboni boʻldi. Mahalliy nashrlar xabariga koʻra, joriy yilning 19-avgust kuni Bruklinda yashovchi Umidjon Joʻrayev ismli oʻsmir doʻstlari bilan skuterda yuk mashinasiga toʻqnashib ketgan.Avariya oqibatida Umidjon vafot etgan, doʻstlaridan biri turli jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan. Manbaga koʻra, marhum oilada yolgʻiz farzand boʻlib, onasi bilan birga yashagan.Kuzatuv kameralariga koʻra, dushanba kuni sodir boʻlga

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Ukraina AQSHdan yana oʻq-dori soʻrayapti. Zelenskiy AQSHdagi qurol zavodiga ham bordi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezident Jo Bayden bilan uchrashuvi oldidan AQSHdan qoʻshimcha oʻq-dorilar soʻrash uchun Pensilvaniya shtatining 'Scranton' shahridagi qurol zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda 'Newsweek''xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Zelenskiy ishchilarga Ukrainaga Rossiyaga qarshi kurashda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirgan. Uning taʼkidlashicha, zavod ishlab chiqarish hajmini oshirish Ukrainaning mudofaa saʼy-harakatlariga yordam beradi.Tashrif chogʻ