2021-yilda Soliq kodeksida qanday oʻzgarishlar nazarda tutilgan?
Xabaringiz bor, mamlakatimizdagi pandemiya sharoitida koronavirusning salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida, tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari bilan bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar belgilandi.
Ushbu meʼyorlarga asosan Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-659-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali unga muvofiqlashtirildi.
Soliq Kodeksiga kiritilgan asosiy oʻzgartirish va qoʻshimchalar nimalardan iborat?
2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Soliq kodeksining umumiy qismi boʻyicha:
1. Endilikda barcha soliq turlari boʻyicha soliq stavkalari Soliq kodeksi bilan belgilanishi qayd etildi.
Bunda, aksiz soligʻining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkinligi belgilandi (Soliq kodeksining 72-moddasi).
Avval: Oʻtgan yili (2020-yilda) aksiz soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qatʼiy belgilangan summada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan belgilanar edi.
Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlariga turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining kamaytirilgan stavkalarini belgilash yoki soliq toʻlashdan ozod qilish huquqi berildi (Soliq kodeksining 75-moddasi).
Soliq kodeksining maxsus qismi boʻyicha:
Barcha soliq turlari boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish
va toʻlashning amaldagi tartibi, shuningdek soliq stavkasi miqdorlari saqlab qolindi.
Soliq turlari boʻyicha qanday oʻzgartirishlar kiritildi? Buni quyida koʻrib chiqamiz.
Birinchidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha:
1. QQS toʻlovchi korxonalar doirasini kengaytirish hamda QQS zanjirining uzilishini oldini olish maqsadida tushum hajmidan qatʼi nazar:
- alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish boʻyicha turgʻun savdo shoxobchalari;
- bozor va savdo komplekslari QQS toʻlovchi korxonalar hisoblanishi belgilandi.
2. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi oyiga 1 milliard soʻmdanoshmaydigan soliq toʻlovchilar uchun soliq davri chorak etib belgilandi.
3. Shahar transportida va yoʻlovchi tashish avtomobil transportida yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatishda imtiyozlarni qoʻllash tartibiga oʻzgartishlar kiritildi (bundan taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksilar mustasno).
Yaʼni, imtiyoz mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tariflar boʻyicha, shahar transportida va yoʻlovchi tashish avtomobil transportida koʻrsatiladigan xizmatlariga nisbatan ham qoʻllanilishi belgilandi.
Avval: Soliq imtiyozlari faqatgina yagona tariflar boʻyicha koʻrsatiladigan yoʻlovchi tashish xizmatlariga nisbatan qoʻllanilar edi. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilangan tariflar yagona tarif sifatida qaralmas edi.
Ikkinchidan, aksiz soligʻi boʻyicha:
Yuqorida qayd etilganidek aksiz soligʻi stavkalari Soliq kodeksiga kiritilib, 2891-2893-moddalarida aks ettirildi.
Aksiz soligʻi boʻyicha yana bir oʻzgarish bu - ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlari aksiz soligʻining soliq solish obyektidan chiqarib tashlandi.
Uchinchidan, foyda soligʻi boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son Farmoni bilan soliq toʻlovchi kelgusi chorakning birinchi oyi 10-sanasiga qadar joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqi berilgan edi.
Endilikda ushbu meʼyor Soliq kodeksiga ham kiritildi.
Toʻrtinchidan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha:
Qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliqni toʻlovchilar uchun quyidagilar nazarda tutildi:
soliq stavkalari Kodeksda belgilandi. Bunda, 2020-yilda amalda boʻlgan soliq stavkalari saqlanib qolindi;
Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq toʻlov manbaida soliq agenti – YATT tomonidan soliq toʻlovchiga daromad toʻlanganda hisoblab chiqarilishi va ushlab qolinishi belgilandi.
Beshinchidan, ijtimoiy soliq boʻyicha:
Endilikda, jismoniy shaxslarga mehnat staji hisoblanishi uchun ijtimoiy soliq yiliga kamida 1 bazaviy hisoblash miqdorida soliq toʻlanishi qoʻyidagicha amalga oshiriladi:
a) ixtiyoriy tartibda:
- oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar;
- mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan;
b) majburiy tartibda:
- “Usta-shogird” maktablari oʻquvchilari tomonidan ular yigirma besh yoshga toʻlguniga qadar ishlagan davrida;
- dehqon xoʻjaliklari, shuningdek maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam boʻlmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar (bunda dehqon xoʻjaligi rahbari soliqni majburiy tartibda toʻlaydi, boshqa aʼzolari va koʻrsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda toʻlaydi).
Ushbu toifadagi jismoniy shaxslar uchun soliq toʻlash muddati hisobot yilining 1-dekabrigacha belgilanadi (bunda soliqning miqdori toʻlov kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi).
Oltinchidan, aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha:
Riyeltorlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizga pasaytirildi.
Yettinchidan, mol-mulk soligʻi boʻyicha:
Mol-mulk soligʻi stavkasi oʻzgarmagan 2%.
Lekin, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkasi 0,2 dan 0,4 foizga oshirildi.
Jismoniy shaxslar uchun 2020-yilda amalda boʻlgan mol-mulk soligʻi stavkalari 1,15 baravariga indeksatsiya qilindi.
Bunda, 2021-yilda jismoniy shaxslar uchun hisoblangan soliq summasi, 2020-yilda hisoblangan soliq summasiga nisbatan 30 foizdan koʻp oshirilishi mumkin emas.
Turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari boʻyicha soliq imtiyozlari bekor qilindi.
Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yerlar uchun mol-mulk soligʻini kamaytirilgan stavkalarini qoʻllash yoki ushbu soliqni toʻlashdan ozod qilish vakolati berildi.
Koʻp kvartirali uylarga bevosita bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq obyektiga kiritildi. Bunday obyekt soliq bazasiga nisbatan 0,23 foiz miqdoridagi soliq stavkasida soliqqa tortiladi.
Ushbu meʼyor, amaliyotda koʻp kvartirali uylarning yer osti qavatida joylashgan avtomashina turar joylariga kadastr qiymati belgilangan holda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi sababli aniqlashtiruvchi xususiyatga ega.
Sakkizinchidan, yer soligʻi boʻyicha:
1. Meva-sabzavotchilik qishloq xoʻjaligi korxonalari hamda dehqon xoʻjaliklari uchun yer soligʻining bazaviy stavkasi va yer uchastkasining sifat xarakteristikasi (ball-boniteti)ni hisobga oladigan tuzatish koeffitsiyentlaridan kelib chiqib hisoblash tartibi bekor qilindi.
Ushbu toifadagi soliq toʻlovchilar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun belgilangan soliq stavkasi boʻyicha yer soligʻini qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqib toʻlashga oʻtkazilmoqda.
2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkasining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer soligʻi stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilaydi;
tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan, Toshkent shahri boʻyicha esa Soliq kodeksida belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritadi.
Bunda, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari alohida yer uchastkalariga, shuningdek turistik zonalarda joylashgan jismoniy shaxslar foydalanishida boʻlgan 1 gektardan ortiq yer uchastkasiga yer soligʻini 3 baravargacha miqdorda oshiruvchi stavkasini belgilash huquqiga ega.
Tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari 2021-yil uchun yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha soliq stavkalarini taqdim etadilar.
Qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash orqali taʼsir koʻrsatish choralari nazarda tutilishi mumkin boʻlgan va soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydigan obyektlar jumlasiga samarali foydalanilmayotgan, baliq koʻpaytirish (yetishtirish) uchun moʻljallangan sunʼiy suv havzalarini kiritish bilan yer uchastkalari roʻyxati kengaytirilmoqda.
Bu yer uchastkalariga yer soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlari qoʻllanilmaydi.
Toʻqqizinchidan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha:
1. Soliq stavkalari 15 foizga, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun esa 30 foizga indeksatsiya qilinib, ular Soliq kodeksida belgilandi.
Oʻninchidan, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha:
Ushbu soliq turi boʻyicha quyidagi foydali qazilmalar uchun 5 foiz miqdorida, biroq 1 kub. m uchun 7 500 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda yagona soliq stavkasi belgilanmoqda:
qurilish qumlari, qum-shagʻal aralashmasi;
qumtoshlar, qurilish mayda toshlar (karbonat jinslari);
qurilish mayda toshlar (granitlar, porfiritlar va slanes jinslari).
Boshqa oʻzgarishlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining «2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi
PQ-4938-son qarori bilan soliq qonunchiligiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi.
1. 2021-yil 1-yanvardan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun asosiy vositalarni har yillik majburiy qayta baholash bekor qilinmoqda.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda 20 ta turdagi tovarlar (oq va boshqa shakardan tashqari) boʻyicha bojxona bojining nol darajali stavkasini qoʻllash muddati 2021-yilning 31-dekabrigacha uzaytirildi.
3. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va «Olmaliq
kon-metallurgiya kombinati» AJ uchun oltin, kumush, palladiy va mis boʻyicha soliq stavkasi 15 foiz miqdorda belgilandi.
Taʼkidlash joizki, soliq qonunchiligiga kiritilgan bu kabi oʻzgartirishlar mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatiga yana-da erkinlik berish hamda uni rivojlantirish orqali soliq tushumlarini oshishiga xizmat qiladi.
DSQ Matbuot xizmati
Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi
Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,
G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden
AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so
Moʻjizaviy Bodrum: Dam olishga borishingiz uchun sabablar
Ajoyib plyajlarBodrum oʻzining shishadek tiniq koʻrfazlari bilan mashhur. Shaffof dengizi, oq qumli plyajlari va koʻk bayroqli qoʻltiqlari bilan dengiz sevuvchilarni lol qoldirib kelmoqda. Bitez, Gumushluk, Turkbuku va Yalikavak Bodrumdagi eng mashhur plyajlar qatoriga kiradi. Ushbu plyajlarda quyosh botishini tomosha qilish, suzish va suv sporti bilan shugʻullanish mumkin.Mazali taomlar Bodrum oshxonasi Egey va Oʻrta yer dengizi lazzatlarining kombinatsiyasidir. Yangi dengiz mahsulotla
Eron va Armaniston 500 mln dollarlik qurol bitimini imzoladi
Eron va Armaniston 500 million dollarlik yirik qurol bitimini imzoladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Iran International” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, mazkur kelishuv bir necha shartnomalarga bo‘lingan va so‘nggi bir necha oy ichida imzolangan. “Iran International” Eron Armanistonga yetkazib bermoqchi bo‘lgan harbiy texnikaning eksklyuziv ro‘yxatini oldi. Bunga Shahed-136, Shahed-129, Shahed-197, Mohacher kabi dronlar, shuningdek, Hordod-3, Majid, Hordod-