2020-yilda Toshkentda yuzdan ortiq koʻp qavatli binolar noqonuniy qurilgan


Bu haqda Toshkent shahri bosh arxitektori Nuriddin Sagatov AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi:
— Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida koʻp kvartirali uy-joylar qurish holatlari ortib bormoqda. Oqibatda qurilgan koʻp kvartirali uylardagi muhandislik kommunikatsiyalari tizimiga salbiy taʼsir oʻtkazib, ayrimlarini quvvati yetmay, ayrimlari esa turli xil avariya holatlari kelib chiqmoqda.
2020-yilda xatlov oʻtkazilganda 100 dan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurmasdan uch va undan ortiq qavatli (koʻp kvartirali) uy-joylar qurilgani aniqlangan. Buning oqibatida, shu uylar atrofidagi aholining noroziligi, kommunal sohadagi muammolar ortib bormoqda.
Yangi tahrirdagi Shaharsozlik kodeksida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarda ikki va undan ortiq boʻlgan koʻp kvartirali uylarni qurish taqiqlandi.
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentinin
Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi
Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi
Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi