O'zbekistonning korruptsiya bo'yicha xalqaro reytingdagi o'rni maʻlum bo'ldi

Transparency International 2020 yilgi Korruptsiyani qabul qilish indeksini eʻlon qildi.
Transparency International korruptsiyaga qarshi kurashish xalqaro nodavlat tashkiloti Korruptsiyani qabul qilish indeksining 2020 yil reytingini ishlab chiqdi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xabariga ko'ra, O'zbekiston reytingda o'z o'rnini 7 pog'onaga o'zgartirib, 180 davlat orasida 146-o'rinni egalladi (2019 yilda 153-o'rin).
Korruptsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korruptsiya darajasi bo'yicha ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0dan (korruptsiyani qabul qilishda eng yuqori ko'rsatkich) 100ga qadar (eng past) shkala bo'yicha hisob-kitob qilinadi.
Shu bilan bir qatorda, reytingda O'zbekiston 26 ballni qayd etdi.
Korruptsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korruptsiya darajasini aks ettirib, uni ishlab chiqishda qator manbalardan, shu jumladan, ekspertlar baholari va ishbilarmon doiralar vakillari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomalardan foydalaniladi.
Reytingda 88 ball bilan Daniya va Yangi Zelandiya yetakchilikni qo'lga kiritdi. Top-10 reytingdan Finlandiya, Singapur, Shvetsiya va Shveytsariya (85 balldan), Norvegiya (84), Niderlandiya (82), Germaniya va Lyuksemburg (80dan) ham joy oldi.
Eng yomon ko'rsatkichni Somali, Janubiy Sudan (12 balldan), Suriya, (14 ball), Yaman va Venesuela (15 balldan) qayd etdi.
Xitoylik hamkorimiz Andijon viloyatining gidroenergetika salohiyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi
Bu borada viloyatning suv oqimi yuqori bo'lgan ariq va kanallarida 75 megavatt quvvatga ega kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati borligi, ushbu jarayonda qatnashadigan tadbirkorlarga 3-yil imtiyozli davr bilan, 7-yilga 12 foiz stavkada kredit berilishi ta'kidlandi.Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi davomida hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi. Xususan, 'O'zbekgidroenergo' AJning asosiy xorijiy hamko
“Diplomatik xizmat aʼlochisi” va “Diplomatik xizmat fidoyisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi
Hukumat qarori bilan tegishli nizomlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 'Diplomatik xizmat aʼlochisi' va 'Diplomatik xizmat fidoyisi' koʻkrak nishonlari taʼsis etildi. Bu haqida 'OʻzA' xabar berdi.Taʼkidlanishicha, 'Diplomatik xizmat aʼlochisi' koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilish va mamlakat obroʻsini oshirish hamda davlatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini samarali ilgari surish borasidagi vazifalarni vatanparvarl
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash