calendar 25 Jan 08:30
eye 23
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Ispaniya qiroli O'zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirdi

image
Siyosat
Havola olish
40110

O'zbekiston bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov Ispaniya qiroli Filipp VI qabulida bo'ldi.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Ispaniya qiroli Filipp VI pandemiya bilan bog'liq vaziyat yumshaganidan so'ng O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan borish istagi borligini bildirdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbout xizmati xabar qilmoqda.

Maʻlum qilinishicha, Ispaniya qiroli Filipp VI tomonidan "Palacio Real de Madrid" saroyida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari sharafiga rasmiy qabul tashkil etilgan.

O'zbekiston bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov Ispaniyaga tashrifi doirasida qirol Filipp VI qabulida bo'lgan.

Представители дипломатических миссий на торжественном приеме у короля Испании
Predstaviteli diplomaticheskix missiy na torjyestvennom priyeme u korolya Ispanii

Yuzma-yuz suhbatda Aziz Abduhakimov O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda o'zbek xalqi nomidan Ispaniya qiroli va uning oila aʻzolari, shuningdek,  ispan xalqiga salomini yo'llab, samimiy tilaklarini yetkazgan. 

Qirol Filipp VI, o'z navbatida, 2017 yilning iyun oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida Ostona shahrida Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvini iliq xotiralagan.

"Ispaniya qiroli bugungi kunda Ispaniya va O'zbekiston o'rtasidagi do'stona munosabatlar uzoq tarixga ega ekani, olti asr ilgari Ispaniya qiroli elchisi Rui Gonsales de Klavixoning Samarqandga amalgi oshirgan tashrifi va Amir Temur bilan uchrashuviga borib taqalishini aytdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlik munosabatlarining davomi sifatida O'zbekiston tomonidan Ispaniya kompaniyasining "Talgo" rusumli poyezdlari sotib olingani, ular asosiy turizm shaharlarini bog'layotgani hamda yana yangi ikki poyezd olib kelish kabi rejalar qirolda katta qiziqish uyg'otdi", - deydi Aziz Abduhakimov.

Shuningdek, Ispaniya qiroli pandemiya bilan bog'liq vaziyat yumshaganidan so'ng O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan borish istagi borligini bildirdi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
20
0
xs.uz

Tramp suiqasddan keyin oilasidan xavotirda ekanini maʼlum qildi

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp oila aʼzolarining hayotidan xavotirda ekanini aytdi.'Men odatda bu haqda gapirmayman. Lekin men oilam haqida qaygʻurishim kerak', dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.Keyin Trampning saylovoldi kampaniyasi uning xavotirlari 'Kamala Xarris va Demokratik partiyaning xavfli hamda jirkanch ritorikasidan' kelib chiqqanini taʼkidladi.Maʼlumot uchun, 13-iyul kuni Pensilvaniyada uyushtirilgan suiqasd chogʻida Tramp qul

24 Aug 17:27
 
31
0
xs.uz

Rossiya AQSHdan chiplarni sotib olishda davom etmoqda

Rossiya Federatsiyasi tomonidan sotib olingan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar harbiy texnologiyalar va kuzatuv texnologiyalarida qoʻllaniladi. 20-avgustda 'The Insider' nashri tomonidan chop etilgan surishtiruv mualliflari shunday xulosaga kelishdi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, Rossiya Federatsiyasiga raketalar va dronlarni navigatsiya qilish, internetdagi materiallarni filtrlash va yuzni tanib olish uchun noyob mikrosxemalar kirib kelmoqda. Bular asosan Amerikanin

26 Aug 12:29
 
51
0
xs.uz

Immunitetni infeksiyalarga qarshi qanday mustahkamlash kerak?

Immunitet ' inson organizmini zararli infeksiya va kasalliklardan himoya qiluvchi tizim. Shu bois uning mustahkam boʻlishi, virus va bakteriyalarga qarshi samarali kurashishi uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish lozim.1. Mukammal va muvozanatli ovqatlanish.Immunitet tizimining samarali ishlashi uchun turli vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish zarur. Xususan, C vitamini (sitrus mevalar, qizil va yashil bulgʻori qalampiri, qovun, brokkoli), D vitamini ( sut mahsulotl

24 Aug 17:27
 
33
0
xs.uz

Obamalar oilasi AQSH prezidentlik saylovida kimga ovoz berish kerakligini aytishdi

AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama va sobiq birinchi xonim Mishel Obama Demokratik partiyaning Chikagodagi milliy qurultoyida kutilmaganda chiqish qilib, vitse-prezident Kamala Xarrisni qattiq qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda 'France 24' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Barak Obama Xarrisni 'xalqini koʻrib, eshitadigan' va har kuni Amerika xalqi uchun kurashishga tayyor odam sifatida maqtadi. U Xarrisga 'ha, u qila oladi' degan sobiq prezident.Mishel Obama ham bu fikrni takrorlab, Xarri