“Muhtasham yuz yil” serialidagi Sulton Sulaymon qarorgohi, Turkiyadagi eng ommabop ikkinchi muzey To‘pqopi saroyi (foto)

“Shabi arus” tadbirlarida ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik jurnalistlardan iborat guruh Turkiyaning Konya va Istanbul shaharlarida bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan uyushtirilgan safar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari “Muhtasham yuz yil” serialining asosiy qahramoni Sulton Sulaymon qarorgohi bo‘lmish “To‘pqopi saroyi”da ham bo‘lib, u yerdagi mashhur hovlilarni ko‘zdan kechirdi.
To‘pqopi saroyi Istanbuldagi o‘ziga xos me’morchilik yechimiga ega 5 asrdan ziyod umrga ega inshoot sanaladi. Tarixiy majmua Bosfor bo‘g‘ozi va Marmar dengizi qo‘shilgan nuqtada joylashgan. Usmonlilar davrining qachonlardir mashhur qarorgohi sanalgan muhtasham saroy bugungi kunda megapolisning eng ommabop qadamjolaridandir. Uning umumiy maydoni 700 ming kvadrat metrni tashkil etib, 4 ta hovlidan iborat. Hovlilarning har birida bir-biridan farqlanuvchi obidalar bor. Keng miqiyosdagi muhandislik yechimlari tufayli ham uni Istanbul ichidagi alohida shahar, deb atashadi.
Qasr zallarida 65 mingdan ziyod eksponatlar taqdim etilgan bo‘lib, ular saroy kolleksiyasining atigi o‘ndan biridir. Muzeyning ichki qismlarida esa bejirim mozaikalar, naqshlar, marmar va tilla elementlar bilan bezatilgan.
To‘pqopi 1463-yilda Sulton Mahmud Fotih tomonidan bir paytlar vizantiyalik imperatorlik qasri qurilgan Saroyburnu hududida qad rostlay boshlagan. Avvaliga saroy sultonlar tomonidan rasmiy majlislar hamda xorijiy mehmonlarni qabul qilish uchun foydalanilgan. Ayollar va bolalar o‘sha paytda bu yerda yashamagan. Ammo XVI asrda Sulton Sulaymon I davrida katta o‘zgarishlarga uchradi. U o‘ziga yaqinroq yashashni istagan rafiqasi Roksalananing (Xurram) iltimosiga ko‘ra haramni saroy ichiga ko‘chirgan.
XIX asrning o‘rtasigacha bino Usmonlu hukmdorlar kelib ketuvchi joy bo‘lgan. 1842-yilda esa Sulton Abdulmajid I Yevropaning mashhur qasrlar bilan bellasha oladigan barokko usulidagi yangi qasr qurishni buyuradi. Yangi qarorgoh Dolmabaxche, deb nomlanib, 1853-yilda bitirilgach, To‘pqopi o‘zining avvalgi ahamiyatini yo‘qotib borgan.
Usmonlilar imperiyasi qulagach, Turkiya prezidenti Mustafo Kamol Otaturk 1924-yilda unga muzey maqomini beradi. Bugungi kunda ushbu maskanni yiliga 2 million odam ziyorat qiladi. Mazkur ko‘rsatkich bilan u Konya shahridagi Mavlono muzeyidan keyin Turkiyadagi ikkinchi eng ommabop muzey hisoblanadi.
Birinchi hovli
Yanichar hovlisi 4 ta hovli ichida eng yirigi. Bir paytlar qarorgohdan turk sultonlari Ayo Sofiyaga juma namoziga chiqqan imperator darvozasi eng mahshur qismidir. Darvoza eshiklari to‘liq marmardan, fasad qismini esa arab tilidagi tilla yozuvlar bezab turadi.
To‘pqopi saroyining kirish qismi, Yanichar hovlisiga olib boruvchi imperator darvozasi.
Foto: “Daryo”/Madina Nurman
To‘pqopi saroyining kirish qismi, Yanichar hovlisiga olib boruvchi imperator darvozasi.
Foto: “Daryo”/Madina Nurman
532-yilda qurilgan Ayo Irina cherkovi esa bugungi kungacha saqlanib qolgan. Usmonlilar Konstantinopolni egallagach uni buzmasdan qurol-yarog‘ saqlashga ombor qilishgan. Yuz yil ichida cherkov arxeologik, imperatorlik va harbiy muzey maqomida bo‘ldi, ammo yakunda undan barcha eksponatlar olib chiqildi va ayni vaqtda konsert maydonchasi sifatida foydalanilmoqda.
Ikkinchi hovli.
Ikkinchi hovli klassik Usmonlilar uslubidagi kutib olish darvozasi bilan ajralib turadi. U ark va 2 ta yevropacha uslubdagi minoraga ega. Ushbu darvoza markazga olib boruvchi sanalib, bugungi kunda sayyohlar uchun asosiy kirish qismidir. Bu yerda Kengash binosi, Adliya minorasi, devon, XIX asr o‘rtasigacha ishlagan Tashqi g‘azna, saroy a’yonlari binolari, sulton otxonasi, hammom va masjid joy olgan. Saroy oshxonalari esa nafaqat sulton, balki 10 ta seksiyada haram xonimlari, mansabdorlar uchun ham taom tayyorlagan.
Aynan shu hovlida sulton harami joy olgan bo‘lib, ayni damda bu yer muzeyga aylantirilgan. Haram bir paytlar 4 qismdan tarkib topib: birinchisi haram og‘asi, ikkinchisi haram xonimlari, uchinchisi sulton onasi, to‘rtinchisi esa turk hukmdoriga tegishli bo‘lgan. Bu yerda umumiy 300 ta xona, 2 ta masjid hamda ayollar kasalxonasi bor. Aksariyat xonalar kichik va interyer jihatdan sodda, ammo saroydagi Xurram sulton xonasi aksincha juda yirik va mashhur.
Uchinchi hovli
Bu yerda barokko usulidagi, yog‘och qubba bilan bezatilgan, 4 ta marmar ustunga ega baxt darvozasi bor. Ayni qismdan saroyning eng ichkari joylari, ya’ni sultonlarning yotoqxonasiga yo‘l ochiladi. Ushbu maskanga sultondan boshqa hech kim kiritilmagan, darvoza soqchilar tomonidan qo‘riqlanib, kimdir ruxsatsiz kirmoqchi bo‘lsa davlatga xiyonatda ayblangan. Taxt turgan zalga kirish qismi 2 ta bo‘lib, biridan faqat va faqat sulton, ikkinchisidan qolganlar kirgan. Binoning bezaklari gullar, toshlar, marmar ustunlar va oltin qoplamali panjaralar shaklida turli naqshlarni o‘z ichiga oladi. Uchinchi hovlining markazida kutubxona joy olgan, u saroy maktabi o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Bu yerda favvoralar, yashil miniatyurali bog‘lar, qubbali tom, arkli teshiklar, marmar ustunlar bor. Xazinaxona, sultonning barcha zargarlik buyumlari saqlanishiga mas’ul xazinalar palatasi va hukmdorlarning shaxsiy hovlisi bo‘lgan sirli pavilion aynan mazkur hududda joylashgan. Eng yirik saroy masjidi Og‘alarga esa sulton va uning yaqin xizmatchilari ibodatga kelgan.
To‘rtinchi hovli
Ushbu hovlidan turib Istanbulning ajob manzarasi, saroyning go‘zal bog‘lari, gul, meva va uzumzorlarni tomosha qilish mumkin bo‘lgan. Sultonlar bu yerda yolg‘iz qolib o‘ylashni xush ko‘rgan. Marmar terassada esa Bosfor bo‘g‘ozi va Marmar dengizi, Oltin shox qirg‘oqlarini ko‘rish imkoniyatiga egasiz. Yerevan va Bag‘dod pavilyonlari, Kolonna zali, kesish pavilyoni va So‘fiy masjidlari yaxshi holatda saqlangan.
Mavzuga doir:
- Turkiyaning Konya shahrida “Shabi arus” marosimi doirasida samo raqsi kechasi bo‘lib o‘tdi (foto)
- Foto: Jaloliddin Rumiy qabri joylashgan mashhur Mavlono maqbarasi
- Tashrif buyuruvchilarni bir necha asrga ortga qaytaruvchi Konya panorama muzeyi va madaniyat markazi—suratlarda
- Foto: Turkiyadagi Alouddin tepaligi va uning atrofidagi bir necha asrlik qadamjolar
- Rumiy va Tabriziy uchrashgan joy, masjid hamda dunyoda oshpazlarga atab qurilgan ilk maqbara (foto)
- Foto: Istanbulning mashhur Beyo‘g‘li tumanidagi qadamjolarga nazar
Oʻzbek tili va madaniyati Italiyada targʻib etilmoqda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova hamda universitet huzuridagi 'Oʻzbek maktabi' oʻqituvchisi Durdona Ermatova xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Italiyaning nufuzli Ka-Foskari universitetiga tashrif buyurishdi.Tashrif doirasida professor Nozliya Normurodova universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun 'Oʻzbekistonda oliy taʼli
Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam
Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.
Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi
Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri