calendar 16 Sep 05:30
eye 47
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekiston-Rossiya munosabatlari yangi mazmun bilan to'ldiriladi

image
Siyosat
Havola olish
64 0 0

Pandemiyaga qaramasdan O'zbekiston va Rossiya orasida tovar ayirboshlash ko'rsatkichlari ortib, qo'shma korxonalar soni ko'paymoqda, dedi Mirziyoyev.

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi o'rinbosari Aleksey Overchukni qabul qildi.

Uchrashuvda O'zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini yangi mazmun bilan boyitish maqsadida hamkorlikdagi ustuvor dastur va loyihalarni jadallashtirish muhimligi taʻkidlandi.

Xususan, iqtisodiy kooperatsiya bo'yicha uzoq muddatli dastur tayyorlash, qo'shma investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda hududlar o'rtasida amaliy aloqalarni faollashtirishga alohida eʻtibor qaratildi.

Shuningdek, O'zbekistonning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va MDH doirasida yaqin muloqotlarni davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev koronavirus infektsiyasi bilan bog'liq xavf-xatarlarga qaramay Rossiya va O'zbekiston o'rtasida faol muloqot va hamkorlik surʻati saqlab qolinayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O'z navbatida Aleksey Overchuk uchrashuv o'tkazish imkoniyati uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumati raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-