calendar 14 Sep 15:31
eye 93
comments 0
comments Manba: qalampir

Suma Chakrabarti Qosim-Jomart To'qayevga maslahatchi bo'ldi

image
image

Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart To'qayev Suma Chakrabartini o'zining shtatdan tashqari maslahatchisi etib tayinladi. Bu haqda Oqo'rda saytida xabar berildi.

"Davlat rahbari qarori bilan Ser Suma Chakrabarti Qozog'iston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo'yicha shtatdan tashqari maslahatchisi etib tayinlandi", deyiladi xabarda.

Avval bu lavozimni qozog'istonlik taniqli iqtisodchi Oljas Xadaybergenov maʻlum qildi.

Eslatib o'tamiz, Suma Chakrabarti 8 yil davomida Evropa tiklanish va taraqqiyot bankiga rahbarlik qilgan. U "Trend" nashriga bergan intervyusida O'zbekiston iqtisodi juda yaxshi rivojlanayotganini va bu yiliga 5-6 foizni tashkil etayotganini aytib o'tgandi.

Chakrabartining taʻkidlashicha, Jahon bankining "Ish yuritish qulayligi" so'nggi hisobotida, O'zbekiston oxirgi o'n ikki oy ichida ishbilarmonlik muhiti eng yaxshilangan yigirma mamlakat qatoriga kiritilgan.

Maʻlumot uchun, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabartini "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
116
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari

13 May 14:38
 
54
0
xs.uz

Baydenda salomatlik bogʻliq muammo aniqlandi

AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata bezida kichik oʻzgarish tashxisi qoʻyildi. Bu haqda 'The New York Times' gazetasi siyosatchining vakiliga tayanib xabar berdi.'Sobiq prezident oʻtgan juma kunini prostata bezida qoʻshimcha tekshiruvni talab qiladigan kichik oʻzgarish aniqlanganidan keyin Filadelfiya kasalxonasida oʻtkazdi', ' deyiladi xabarda.Baydenning sogʻligʻi va keyingi davolanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.Avvalroq, internet foydalanuvchilari Baydenning qo

08 Jun 02:27
 
33
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga

13 May 14:38
 
138
0
xs.uz

Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'