«Bu safar yanada ishonchliroq»: Tramp o'z g'alabasini bashorat qildi

Donald Tramp AQSh prezidentligi uchun 2020 yilgi saylovda 2016 yilgisidan-da ishonchliroq g'alaba qozonadi. Bu haqda uning o'zi «Twitter»da yozdi.
The Real Polls are starting to look GREAT! We will be having an even bigger victory than that of 2016. The Radical Left Anarчists, Agitators, Looters, and just plain Lunatics, will not be happy, but they will behave!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) September 8, 2020
«Real so'rovnomalar natijalari hozirdanoq AʻLO! Bizning g'alabamiz 2016 yilgisidan ham ishonchliroq bo'ladi. Albatta, radikal so'l anarxistlar, buzg'unchilar, talonchilar va g'aflatdagilarni bu holat mamnun etmaydi, ammo ular ham tinch turishmaydi!», — dedi Tramp.
Eslatib o'tamiz, Respublikachilar partiyasining AQSh Kongressi Vakillar palatasidagi yetakchisi Kevin Makkarti pochta orqali ovoz berishni ortiqcha tanqid qilish respublikachilarga qimmatga tushishi mumkinligidan Trampni ogohlantirgandi. Kongressmenga ko'ra, keksa avlod vakillari COVID-19dan hammadan ko'proq qo'rqishgani bilan, saylovchilarning eng faol qatlami ham sanalishadi. «Zamin» yangiliklarini «Vkontakti»da kuzatib boring
AQSHda Trampning Isroil — Eron mojarosiga aralashishini taqiqlovchi rezolyutsiya tayyorlandi
AQSH Kongressiga Donald Trampni Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga aralashishdan ogohlantiruvchi ikki partiyaviy rezolyutsiya taqdim etilgan. Bu haqda 'Sky News' telekanali xabar berdi.Hujjat respublikachi Tomas Massi va demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchisiga koʻra, Konstitutsiya Amerika Qoʻshma Shtatlari ijroiya hokimiyatiga bir tomonlama 'urush harakatlari'ni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.'Kongress Eronga urush eʼlon qilishning eksklyuziv huquqiga
NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi
NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf
Serbiyada tartibsizliklar: namoyishchilar nimadan norozi?
Serbiyada hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari nazoratdan chiqib ketmoqda.Oʻtgan dam olish kunlari Belgradda fuqarolar urushi kayfiyatini beruvchi muhit hukm surdi. Shanba kuni kechqurun prezident Aleksandr Vuchich hukumatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketdi. Toʻqnashuvlar davomida koʻplab politsiyachilar yaralangan. Jabrlangan namoyishchilarning aniq soni haqida xabar berilmagan, bir necha oʻnlab namoyishchilar hibsga olingan.Avvaliga 140 ming
Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor