calendar 24 Aug 14:30
eye 55
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 24 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
17 0 0

Sutka davomida 210 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 39 156 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 210 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 39 156  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 81 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog'ayish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 296 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 35 283 nafarga yetdi. Sog'ayish ko'rsatkichi 90 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 596 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Sergeli tumanida yashagan 59 yoshli R.Sh. (erkak), O'rtachirchiq tumanida yashagan 50 yoshli D.I. (erkak), Olmazor tumanida yashagan 62 yoshli Yu.M. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 45 yoshli Z.O. (ayol) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 277 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Rospotrebnadzor xodimlari Toshkentda ish boshladi

COVID-19 koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash doirasida Rossiyadan O'zbekistonga yetti nafar mutaxassis - Isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo'yicha Federal xizmati epidemiologlari, virusologlari va infektsionistlari tashrif buyurishdi. Rospotrebnadzor xodimlari ikki hafta davomida Sanitariya-epidemiologik farovonlik Agentligi va unga qarashli tashkilotlarda maslahat ko'magini ko'rsatadilar.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 23,4 milliondan oshdi, 809 ming kishi vafot etdi, 15,1 million kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (5,7 mln), Braziliyada (3,6 mln), Hindistonda (3,1 mln).

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
28
0
xs.uz

16-aprel kuni ayrim hududlarda momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlik

20 Mar 12:54
 
57
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

04 Apr 16:18
 
40
0
xs.uz

Shahar va viloyatlarda odam tashish huquqi boʻyicha tender eʼlon qilindi

Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Qarorga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Takliflarni e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim qilish mumkin.

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig