calendar 22 Aug 14:30
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir

Lukashenko harbiylarga jiddiy topshiriq berdi

image
image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Mudofaa vazirligi rahbariyatidan mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlash uchun barcha choralarni ko'rishni talab qildi. Prezidentning g'arbiy chegaralarga ko'proq eʻtibor qaratishni so'radi. Lukashenko Grodno shahri yaqinidagi harbiy poligonga borganida shunday ko'rsatma berdi.

"Eng avvalo Belarusning markazi Grodno bo'lgan g'arbiy marvaridini qo'riqlash kerak. Mamlakatimiz hududiy yaxlitligini saqlash uchun eng jiddiy choralarni ko'rish zarur", degan Lukashenko. 

Belarus Prezidenti uning mamlakatiga qarshi rangli inqiloblar stsenariysi tashqi omillar bilan birgalikda qo'llanilayotganini taʻkidlab o'tdi.

"Hammasi tushunarli. Biz taxmin qilganimizdek, hammasi rangli inqiloblar rejasi bo'yicha ketyapti. Vaziyatning o'ziga xosligi va alohida belgisi unga tashqi omil qo'shilganida. Odatda ular ichkarini to'zitadi, amaldagi hokimiyatni ag'daradi. Bizda hukumat o'rnidaligi va qarshilik ko'rsatayotganiga ko'ra, tashqi omil va qo'shildi", degan Lukashenko.

Lukashenko muxolifat G'arb tomonidan harbiy jihatdan qo'llab-quvvatlanayotganini  qo'shimcha qildi. Prezident gaplariga NATOning mamlakat chegaralariga yaqinlashib kelayotganini misol qilib ko'rsatdi.

"Ko'ryapsizlarmi, ular muqobil Prezidentli olib kelyapti. Barchasi jiddiy", degan Lukashenko.

Uning so'zlariga ko'ra, muxolifat G'arb davlatlariga, mazkur holatda NATO aʻzolariga murojaat qilib, aholini himoya qilishni so'ramoqchi.

"Ular qo'shin kiritadi va Belarusni yo'q deb hisobalasak bo'ladi", degan Lukashenko.

Prezident G'arb davlatlarining muxolifatni qo'llab-quvvatlashini, Belarusdagi vaziyatga ochiqcha aralashish deb baholayapti.

Avvalroq, Belarusda muxolifat tomonidan tashkil etilgan Muvofiqlashtiruv kengashiga nisbatan jinoiy ish ochilgandi. Ularga qonuniy hokimiyatni ag'darish ayblovi qo'yilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
50
0
xs.uz

Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end

Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa

31 May 08:50
 
131
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

17 May 21:47
 
76
0
xs.uz

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi

Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi

04 Jun 02:45
 
126
0
xs.uz

Xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi

Juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida (juda koʻp miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblan shaxs Oʻzbekiston Interpol MMBning axborot koʻmagi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli qoʻ