“Eng ilgʻor mutaxassis” armiya oʻyinlariga start berildi


Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Bugun, 18-avgust kuni Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Men gʻolib” shiori ostida oʻtkaziladigan “Eng ilgʻor mutaxassis” armiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va musobaqalarga start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Toshkent harbiy okrugiga qarashli “Chirchiq” dala-oʻquv maydoni tong sahardan harbiy xizmatchilar, ishtirokchi jamoa vakillari, davlat va jamoat tashkiloti xodimlari, faxriylar hamda yoshlar va mahalliy aholi bilan gavjum boʻldi. Albatta, bularning bari karantin talablariga toʻla rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.
Ochilish marosimi avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Kurbanov oʻz tabrik soʻzida barcha jamoalarga omad tilab, bu kabi musobaqalar harbiy xizmatchilarning jangovar qobiliyatini oshirishi, qolaversa, yoshlar qalbida ona Vatanga boʻlgan muhabbat, harbiy xizmatga esa havas uygʻotishini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng saf maydoni boʻylab Harbiy parad uyushtirildi. Jangovar texnikalarning birin-ketin olib oʻtilishi ham kuzatuvchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Ayniqsa, musaffo osmon uzra shou koʻrsatgan harbiy aviatsiya hamda havo desantchilarining parashyut bilan sakrash mashqlari yurtdoshlarimizga oʻzgacha zavq ulashdi.

Shu bilan jamoalar “Tank biatloni” musobaqasiga kirishdi. Shiddatli bahslarga boy boʻlgan bellashuv yakuniga koʻra, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti vakillari ikkinchi oʻringa sazovor boʻlgan boʻlsa, birinchi va uchinchi oʻrinlarga Markaziy harbiy okrug jamoalari ega chiqib, mutlaq gʻolib boʻldi.












Gʻoliblarga Mudofaa vaziri tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Shuningdek, “Chirchiq” dala-oʻquv maydonida “Jangovar mashinalar biatloni”, “Armiya biatloni”, “Oʻq otish sporti” va “Tosh koʻtarish” musobaqalari boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqalar shu yilning 22-avgustiga qadar Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” dala-oʻquv maydoni va Markaziy harbiy okrugning «Sazagan» hamda “Kattaqoʻrgʻon” poligonlarida davom etadi.
“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi
Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari
БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС
Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi
Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac