calendar 16 Aug 13:30
eye 59
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 16 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
21 0 0

Bir sutka davomida 408 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 35 109 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 408 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 35 109 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining, 149 nafari Toshkent shahrida, 13 nafari Buxoro viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 621 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 30 664 nafarga yetdi.

Ayni paytda 4215 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. (ayol) hamda Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. (erkak), Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli K.N. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 73 yoshli N.Q. (erkak) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 230 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Charter reyslar

Oltita davlatdan (Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA, AQSh) O'zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reyslar jadvali tasdiqlandi.

17 avgustdan 30 avgust kunlari davomida 23 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi. 

Kirish imtihonlari

Test imtihonlarga bir abituriyent o'rniga boshqa odam kirishining oldini olish maqsadida barcha obʻyektlarga kirish joylarida nazorat o'tkazish punktlar tashkil etiladi. Ushbu joylarda yuzni tanib oluvchi kameralar o'rnatilib bu kameralar orqali imtihonga abituriyent yoki boshqa shaxs kelganligiga aniqlanadi.

Bundan tashqari nazorat o'tkazish punktlarida barmoq izi orqali shaxsni aniqlash qurilmalaridan foydalangan holda abituriyentlarni shaxsini aniqlash choralari ko'riladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 21,5 milliondan oshdi, 771 ming kishi vafot etdi, 13,4 million kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (5,4 mln), Braziliyada (3,3 mln), Hindistonda (2,6 mln).

 

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
26
0
xs.uz

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni toʻxtatdi

'Uzbekistan Airways' Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxiriga qadar toʻxtatdi. Bu haqida aviakompaniya oʻzining rasmiy sahifalarida maʼlum qildi.Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 'Uzbekistan Airways' 2025-yil 16-iyundan 30-iyun kuniga qadar Toshkent ' Tel-Aviv ' Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.'Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytari

01 Jun 03:47
 
128
0
xs.uz

Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi

Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats

13 Jun 00:36
 
29
0
xs.uz

Taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklov Konstitutsiyaga zid — Xalq demokratik partiyasi

Oʻzbekistonda yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar keng jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻlmoqda. Unga koʻra, endilikda har bir haydovchi oʻz hududida va unga tutash hududda taksi faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar Konstitutsiyaga zid ekanini taʼkidlab, holat boʻyicha transport vaziridan rasmiy tushuntirish soʻrab soʻrov yuborgan. Bu haqida XDPning rasmiy

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

19-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'Oʻzgidromet' 19-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 37-39html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylard