O'zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 34 ming kishidan oshdi

2020 yil 15 avgust soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 34 251 (+234) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 185 nafari Toshkent shahrida, 37 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari esa Xorazm viloyatida, tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 61 yoshli U.A. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli A.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 28 661 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (84 foiz) sog'aygan.
Hozirda mamlakatimizda 5 367 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 1 289 nafari og'ir, 362 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashi majlisidagi nutqi
Hurmatli yigʻilish ishtirokchilari!Hurmatli Odil Reno-Basso xonim!Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman.Biz kecha Xalqaro investitsiya forumida iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish masalalarini, strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni atroflicha muhokama qildik.Bugun esa sizlar bilan tajriba almashish, aniq loyihalaringizni amalga oshirish, yangi tashabbus va takliflar boʻyicha yaqindan maslahatlashib olamiz.B
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi. Bu haqida regulyator matbuot xizmati xabar berdi.Bildirilishicha, soʻnggi oylardagi iqtisodiy faollik va isteʼmol talabi dinamikalari hamda bazaviy inflyatsiyaning oʻsish tendensiyasi iqtisodiyotda inflyatsion bosimlar saqlanib qolayotganidan dalolat bermoqda. Bu, oʻz navbatida, umumiy inflyatsiyaning may oyidagi biroz pasayishiga qaramasdan inflyatsiya prognozi traye
Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'44,18 soʻmga'oshdi va'12 834,61 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'175,82 soʻmga'koʻtarildi va'14 662,26 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,05 soʻmga'oshib,'162,65 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda
Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (RC COP-12) boshlandi. Ushbu anjuman Bazel konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn yettinchi yigʻilishi (BC COP-17) va Stokgolm konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (SC COP-12) bilan ketma-ket tarzda 9-maygacha davom etadi.'Yashirin narsalarni koʻrinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish' mavzusida oʻtayotg