Qurʻonning teriga yozilgan nusxasi noqonuniy sotilayotganda qo'lga olindi

Maʻlum bo'lishicha, Buxoro shahrida yashovchi 65 yoshli fuqaro M.A. o'ziga meros qolgan amir Muzaffarxon davriga oid muhr, kamarband va muqaddas Qurʻon kitobining teriga yozilgan nusxasini sotish niyati borligini maʻlum qilgan. Bundan xabar topgan ota-o'g'il — IIBning nafaqadagi xodimi A.A. va uning o'g'li, Milliy gvardiya safdori B.B. vaziyatdan foydalanib, daromad orttirishni maqsad qiladi.
Ota-o'g'il til biriktirib, fuqaroga ushbu tarixiy qiymatga ega buyumlarini sotib berishini, evaziga pulning 20 foizini, yaʻni ularning har biriga 50 ming dollardan 100 ming dollar berishini so'ragan va ko'ndirgan.
Tez orada xaridor ham topilgan. Biroq xaridor A.J. qimmat narx — 500 ming dollarga sotilayotgan ushbu buyumlar biror-bir muzeydan o'g'irlanganmi yoki ular soxtami degan fikrga borgan va huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.
Arizaga asosan DXX viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tadbirda ota-o'g'il 72,1 gramm og'irlikdagi olmosni 500 ming dollarga hisoblab, 4,5 milliard so'm hamda 50 ming dollarga noqonuniy sotayotgan vaqtida qo'lga olingan.
Xonadonni ko'zdan kechirish davomida qora rangli qimmatbaho tosh, amir Muzaffarxon davriga oid muhr, bir dona kamarband va bir dona hamyon ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Tergov-surishtiruv jarayonlarida tarixiy boyliklar ota-bolaning qo'shnisi fuqaro M.A.ga tegishli ekanligi, meros bo'lib qolgani aniqlangan.
Holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilayotgan bo'lib, ashyoviy dalil tariqasida olingan buyumlarning tarixiy qiymatligini tekshirish uchun ekspertiza tayinlangan.
Ekspertiza xulosasidan kelib chiqib, ota-o'g'ilga Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. "Zamin" yangiliklarini "Instagram"da kuzatib boring
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur
Orolbo‘yi hududini obodonlashtirish maqsadida 3 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ajratildi
Mazkur tashabbus Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo viloyatida o'rmon va bog' ko'chatlarini kengaytirish, Orolbo'yi hududining ekologik barqarorligini mustahkamlash va iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan.Ta'kidlash joizki, jadallashtirilgan sanoatlashtirish, urbanizatsiya va iqlim o'zgarishi sharoitida aholi punktlarini ko'kalamzorlashtirish va yashil hududlar ulushini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Tabiiy resurslarni barq
Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)
Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga 'Moskvich' rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga '112' qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqari
“Oʻrik gullaganda” festivali tabiat qoʻynidagi maroqli sayr sifatida nishonlandi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Oltiariq tumanidan soʻng Rishton va Oʻzbekiston tumanida ham 'Oʻrik gullaganda' deb nomlangan yoshlar ijodiyoti festivali boʻlib oʻtdi.Rishton tumani 'Qalaynav' mahallasidagi bogʻlarda oʻtkazilgan tadbirda viloyatning shahar-tumanlaridan tashqari, Hindiston, Pokiston va Erondan kelgan sayyohlar ham ishtirok etdi. Festival doirasida milliy oʻyinlar, folklor jamoalari chiqishlari, sanʼatkor va hunarmandlar asarla